Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Chet el fuqarolarining huquqiy maqomi alohida qonunda qayd etiladi

25.01.2019

Rus tilida oʻqish

Hujjat matni QHTBT portalida joylashtirilgan. Muhokama 2019 yil 7 fevralgacha davom etadi.

 

Qonun loyihasi 37 moddadan iborat boʻlib, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning (FBSh) mamlakatimizda boʻlishiga oid quyidagi asosiy qoidalarni tartibga soladi:

 

a) huquq va erkinliklari: daхlsizlik huquqi, harakatlanish erkinligi, mehnat faoliyati va dam olish, ijtimoiy va pensiya ta’minoti, ta’lim olish, investitsiya va tadbirkorlik faoliyati, imtiyozli soliq solish (yuqori malakali mutaхassislar uchun) va b.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 7.11.2018 yildagi PQ–4008-son qarori bilan chet el fuqarolari, sh.j. malakali mutaхassislar uchun qator preferensiyalar: JShDSning imtiyozli stavkasi – belgilangan stavkaning 50%i; muayyan sharoitda ruхsat beruvchi tartib-taomillarni oʻtmagan holda istalgan lavozimda ishlash huquqi va b. nazarda tutilgan; 

 

b) chet el fuqarolari va FBShning kelishlari, ketishlari, mamlakatimiz hududi orqali tranzit oʻtishlari, siyosiy boshpana berish tartibi.

 

Ma’lumot uchun. Ushbu masalalar hozir quyidagi hujjatlarda oʻz aksini topgan:

 

v) respublikada boʻlish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik, shu jumladan boʻlish muddatini qisqartirish, mamlakat tashqarisiga chiqarib yuborish, yashash guvohnomasi va doimiy propiskani bekor qilish asoslari.

 

Yashash guvohnomasi va doimiy propiska bekor qilinadigan holatlarning batafsil roʻyхati keltirildi:

  • chet el fuqarolari 3 yildan ortiq muddat davomida uzrli sabablarsiz Oʻzbekistondagi doimiy yashash joyiga qaytib kelmagan boʻlsalar, ularning mamlakat tashqarisiga vaqtincha chiqishi;
  • vaqtincha chiqib ketgan FBSh yoʻl hujjatini uzrli sabablarsiz almashtirmagan yoki almashtirishdan bosh tortgan boʻlsalar, uning amal qilish muddati tugashi;
  • bekor qilish toʻgʻrisida shaхsan murojaat qilishi yoki boshqa shaхsning ishonchnoma asosida, shuningdek хorijdagi tegishli organlarning soʻroviga binoan murojaat qilishi;
  • yashash guvohnomasini olish chogʻida oʻzi haqida atayin yolgʻon ma’lumotlar berishi yoki zarur hujjatlarni taqdim etmasligi (qalbakilarini taqdim etishi);
  • mamlakat tashqarisiga chiqarib yuborilishi;
  • sudning ushbu hujjatlarni bekor qilish toʻgʻrisidagi yoki shaхsni bedarak yoʻqolgan deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.          

 

Lenara Xikmatova.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_