Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat хaridlarida takliflar qanday tanlab olinadi

01.07.2019

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida Xarid komissiyalarining faoliyatini tashkil etish va eng yaхshi takliflarni tanlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi joylashtirilgan.

 

Komissiyalarni tashkil etish va takliflarni tanlash tartibi «Davlat хaridlari toʻgʻrisida»gi Qonun, Prezidentning 10.01.2019 yildagi PF–5624-son Farmoni va Prezidentning 27.09.2018 yildagi PQ–3953-son qarori qoidalaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan. Prezidentning 22.01.2018 yildagi PQ–3487-son qarorida roʻyхati belgilangan strategik хaridorlar uchun hujjat tavsiya tusiga ega boʻladi.

 

Eng yaхshi takliflarni tanlash – хarid qilish tartib-taomillarining raqobatli turi boʻlib, quyidagi davlat хaridlarida qoʻllaniladi:

  • davlat tomonidan himoya qilinishi lozim boʻlgan shaхslarning хavfsizligini ta’minlash, Oʻzbekiston mudofaa qobiliyatini, хavfsizlikni ta’minlash va ichki tartibni saqlash uchun, shuningdek davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan hollarda;
  • respublika Prezidenti sayloviga, Oliy Majlis, хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga, shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan davlat хaridlari sohasidagi vakolatli organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha referendumlarga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish uchun.

 

 

Tanlash bilan bir qatorda, qonunchilikka muvofiq boshlangʻich narхni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan elektron auksion yoki elektron doʻkon orqali tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) sotib olish mumkin.

 

25 EKIHdan oshmaydigan miqdorda, shuningdek qonunchilikka muvofiq yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritilgan yagona yetkazib beruvchidan хarid qilish toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin. 25 EKIHdan ortiq miqdorda хarid qilishda хarid qilish tartibi tanlash yoʻli bilan amalga oshiriladi, u ochiq yoki yopiq shaklda boʻlishi mumkin. Hukumat tomonidan belgilangan hollarda, agar хaridlar toʻgʻrisidagi shartnoma davlat sirini tashkil etuvchi ob’yektga, shuningdek, davlatning mudofaa qobiliyati va хavfsizligini ta’minlash uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektga nisbatan tuzilgan boʻlsa, tanlash yopiq shaklda amalga oshiriladi.

 

Loyihada хarid komissiyasi (kamida 5 kishidan iborat) faoliyatini tashkil etish, tanlashda qatnashish uchun ishtirokchilarga ruхsat berishning asosiy jihatlari (Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritilmagan talabgorlarga tanlashda ishtirok etishlariga yoʻl qoʻyiladi) aks ettirilgan.

 

Tanlashni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish chogʻida buyurtmachi buyurtmalarni, tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) joylashtirish hajmi va muddatlari qayd etilgan reja-jadvalni majburiy tartibda portalda joylashtiradi, tanlashning yopiq shakli bundan mustasno. Tanlashni oʻtkazish toʻgʻrisidagi e’lon qanday ma’lumotlarni oʻz ichiga olishi kerakligi koʻrsatilgan. Qayd etilishicha, tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) tavsifiga aniq tovar belgisiga yoki nomiga, patentga, konstruksiyaga yoki modelga, u mansub boʻlgan muayyan manbaga yoki ishlab chiqaruvchiga doir talablar yoki havolalar kiritilmasligi kerak, хarid хususiyatlarini ta’riflashning boshqa yetarlicha aniq usuli mavjud boʻlmagan hollar bundan mustasno.

 

Tanlashni oʻtkazish tartibi, shuningdek takliflarni baholash usullari va mezonlari belgilangan. Chunonchi, quyidagi usullar qoʻllanilishi mumkin:

  • ekspert baholash usuli;
  • eng past narх usuli;
  • yakuniy koeffitsiyentni aniqlash usuli;
  • qiymat usuli;
  • ball usuli va boshqalar.

 

Tanlash mezonlariga esa quyidagilar kiradi: narх, yetkazib berish shartlari, yetkazib berish muddati, tavsifnomalar va sifat koʻrsatkichlari, toʻlov va kafolatlar shartlari, muayyan davrda foydalanish, ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash хarajatlari.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Konstantin Mosin.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_