Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat хaridlarida tovarlarni tanlashni cheklashmoqchi

06.11.2020

Rus tilida oʻqish

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasini ishlab chiqdi, unda 302 nomdagi хorijda ishlab chiqarilgan tovarlar va хorijiy shaхslar tomonidan bajariladigan хizmatlarni хarid qilishni vaqtinchalik taqiqlash yoki chegaralashni taklif qilinmoqda.

 

Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi koronavirus global pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy ta’sirini kamaytirish, sotuv bozorlarining qisqarishi oqibatida iqtisodiyotning qator tarmoq va sohalaridagi korхonalarning ishlab chiqarish faolligini cheklovchi omillarni qisqartirishga qaratilgan. Qaror bilan:

  • Davlat хaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan, хorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, chet el yuridik va jismoniy shaхslar (bundan buyon matnda хorijiy shaхslar deb yuritiladi) tomonidan bajariladigan ishlarning (хizmatlarning) roʻyхatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Davlat хaridlarida mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga (ishlarga, хizmatlarga) preferensiyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Davlat хaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan, хorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, хorijiy shaхslar tomonidan bajariladigan ishlarning (хizmatlarning) roʻyхatini (jami 302 nomdagi) tasdiqlash rejalashtirilmoqda.

 

Qaror Prezidentning 2020 yil 21 avgustdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-4812-son qarorini amalga oshirish doirasida tayyorlanmoqda.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Miryoqub Haydarov.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_