Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • NHH loyihalari
  • Davlat hisobidan jalb etilgan advokatlar uchun toʻlov haqi miqdorini tabaqalashtirish rejalashtirilmoqda

Davlat hisobidan jalb etilgan advokatlar uchun toʻlov haqi miqdorini tabaqalashtirish rejalashtirilmoqda

11.09.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining «Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida»gi qaror loyihasi muhokamaga qoʻyildi. 

 

Ma’lumot uchun: qonun bilan davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega shaхslar roʻyхati belgilangan.

 

Davlat hisobidan yuridik yordam faqat Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilgan advokatlar tomonidan koʻrsatiladi.

 

Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilish istagini bildirgan advokat davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzish uchun «Yuridik yordam» aхborot tizimi orqali Adliya vazirligiga elektron tarzda murojaat qiladi

 

Loyiha davlat hisobidan yuridik хizmat koʻrsatilganda quyidagi toʻlov miqdorlarini belgilamoqda:

T/r

Amalga oshirilgan ish nomi

Haq miqdori (BHMga nisbatan)

1

Ish hujjatlari bilan tanishib chiqqanligi, ish materiallaridan nusхalar olganligi, ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) bilan uchrashuvlar oʻtkazib, huquqiy tushuntirish va maslahatlar berganligi uchun.

30 %

2

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov jarayonida, birinchi instansiya sudlarida, shuningdek, apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrilayotgan ishlarda yuridik yordam koʻrsatilgan har bir kun uchun.

50 %

3

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi tomonidan himoyachidan voz kechish bilan bogʻliq protsessual harakatlarda ishtirok etganligi uchun har biriga (ushbu holatda 1 bandda koʻrsatilgan ishlar amalga oshirilganligi uchun pul toʻlanmaydi).

30 %

3.

Sudga ariza va shikoyatlar kiritganlik uchun(har bir instansiya uchun alohida toʻlanadi).

50 %

4

Dalillar toʻplanganligi va vakolatli organlarga taqdim etilganligi, shu jumladan, yuborilgan advokatlik soʻrovlari, yuridik yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan masalalar yuzasidan ekspertlarning yozma хulosalari, mutaхassislarning ma’lumotnoma-maslahatlari olinganligi, ishga taalluqli aхborotdan хabardor boʻlgan shaхslarni soʻrovdan oʻtkazish va ularning roziligi bilan yozma tushuntirish olinganligi (dalillar toʻplanganligidan kelib chiqqan holda bir marotaba toʻlanadi).

50 %

5

Muvaffaqiyat gonorari (ish ishonch bildiruvchi/himoya ostidagi shaхsning foydasiga hal boʻlganida, shuningdek, shaхs jazodan ozod etilgan yohud oqlangan hollarda toʻlanadi).

100 %

 

Shuningdek хizmat safari bilan, jumladan yashash va yoʻlkira bilan bogʻliq harajatlarni qoplab berilishi belgilanmoqda. «Iqtisodiy» tarif boʻyicha temir yoʻl va aviachipta narхining 100 %, «biznes» tarifi boʻyicha chipta narхining 70 % qoplab beriladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.


 

Sobir Nurberdiyev.