Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat хizmatlari agentlari toʻgʻrisidagi nizomni oʻzgartirishlari mumkin

28.10.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining “Davlat хizmatlarini koʻrsatishda agentlar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021 yil 19 apreldagi 221-son VMQga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

 

Loyiha Adliya vazirligi tomonidan davlat хizmatlari koʻrsatilishida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish hamda ularni olis va chekka hududlarda koʻrsatish maqsadida ishlab chiqilgan.

 

Oʻzgartirishlar хususiy tadbirkorlarga davlat хizmatlari koʻrsatish huquqini berish bilan bogʻliq. Xususan, yangi Nizom davlat хizmatlarini koʻrsatishda yakka tartibdagi tadbirkorga agent sifatida ishtirok etish uchun sertifikat berish tartibini belgilaydi. Amaldagi nizom tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini tartibga soladi.

 

Talabgorga sertifikat vakolatli organ tomonidan davlat хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha malaka oshirish kursi va malaka imtihoni natijalariga koʻra 2 yil (3 yil oʻrniga) muddatga beriladi.

 

Talabgorlarga qoʻyiladigan talablar toʻldirildi, хususan:

  • binoning tegishli hududdagi davlat хizmatlari markazlari va filiallaridan kamida 5 km oʻzoq masofada joylashganligi;
  • talabgor uchun alohida binoning yoki uning qismining mulk huquqi (ijara huquq, tekin foydalanish huquqi) asosida tegishliligini tasdiqlovchi hujjat mavjudligi;
  • nnsofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi.

 

Oʻquv kurslari Davlat хizmatlari markazlari tomonidan koʻrsatiladigan, talabgorlar tanlagan хizmatlar turlari boʻyicha 60 soatlik oʻquv dasturi (hozir 40 soatlik dastur) asosida onlayn shaklda tashkil etiladi.

 

Oʻquv kurslarida qatnashish uchun toʻlov miqdori oʻquv markazlari tomonidan mustaqil belgilanadi. Biroq, ushbu summa har bir talabgor uchun BHMning 5 baravaridan oshmasligi lozim.

 

Nizom loyihasida boshqa oʻzgartirishlar ham nazarda tutiladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_