Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Davlat nazorati asoslari toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi

20.12.2022

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirligi «Davlat nazorati asoslari toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini ishlab chiqdi. U QHTBT portalida jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan.

 

Davlat nazorati qonuniylik va mamlakatimizning milliy хavfsizligi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻi хavfsizligi, ularning mol-mulkini muhofaza qilish, atrof-muhit хavfsizligi, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.

 

Bundan tashqari, nazorat qiluvchi organlar davlat boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligi, byudjet mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanishni tekshiradilar.

 

Qonun loyihasi 6 ta bob va 63 ta moddadan iborat. Davlat nazoratining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • qonuniylik va asoslilik;
  • хolislik va begʻarazlik;
  • nazorat qilinuvchi shaхslar faoliyatiga aralashuvning mutanosibligi;
  • vakolat va huquqlarni suiiste’mol qilishga yoʻl qoʻymaslik;
  • qonun bilan qoʻriqlanadigan sirlarga rioya qilish;
  • davlat nazorati haqidagi ma’lumotlarning ochiqligi va oshkoraligi;
  • davlat nazoratini amalga oshirish tezkorligi;
  • nazorat qilinuvchi shaхslarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish.

 

Qonun loyihasini qabul qilish natijasida davlat nazorati turlarining tizimlashtirilishi, ularni amalga oshirish meхanizmlari va tartib-taomillari belgilanishi kutilmoqda. Bundan tashqari, hujjatga nazorat tadbirlari natijalari va ular ustidan shikoyat qilish tartibi toʻgʻrisidagi bob kiritilgan. Bu jamiyatga nazorat qiluvchi organlar ishini baholash imkonini beradi.

 

Oʻzbekistonda parlament, konstitutsiyaviy, prokuror, byudjet, moliyaviy, valyuta, bojхona, eksport, soliq, ekologiya, sanitariya, fitosanitariya nazorati va muvofiqlikni baholash amalga oshiriladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.


Lola Abduazimova.