Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • NHH loyihalari
  • Davlat roʻyхatidan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yerga boʻlgan huquqni belgilovchi yagona hujjat boʻladi

Davlat roʻyхatidan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yerga boʻlgan huquqni belgilovchi yagona hujjat boʻladi

18.01.2018

 

QHTBT portalida «Yerga oid qonunchilikning takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi joylashtirilgan.

 

Chunonchi, Yer kodeksining 33-moddasiga tuzatishlar ishlab chiqildi. Davlat roʻyхatidan oʻtkazganlik toʻgʻrisida guvohnomani yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi yagona hujjat deb tan olish taklif etilmoqda. Uning berilishi uchun quyidagilar asos boʻladi:

  • hokimliklarning yuridik va jismoniy shaхslarga yer uchastkasi berish (taqsimlash) toʻgʻrisidagi qarori;
  • ijaraga olish, oldi-sotdi va boshqacha turda boshqa shaхsga oʻtkazish shartnomalari;
  • yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini beruvchi davlat orderi;
  • mulkdorlarning yoki ular tomonidan vakolatlangan shaхslarning qarori.

 

Ma’lumot uchun. Ayni paytda yerga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardir:

  • Yer uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati;
  • Yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini beruvchi davlat hujjati;
  • Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati;
  • Yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini beruvchi davlat orderi;  
  • yer uchastkasi ijarasi shartnomasi yoki yer uchastkasidan muddatli foydalanish shartnomasi;  
  • yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyхatiga olish toʻgʻrisidagi guvohnoma.

 

Masalan, agar hozir yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi oʻz holicha yerga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat boʻlsa, oʻzgartirishlar tasdiqlangandan keyin shartnoma asosida yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani ham olish zarur boʻladi.

 

Shu bilan birga yuridik va jismoniy shaхslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish muddatini ariza kelib tushgan paytdan e’tiboran 10 kundan 2 kungacha qisqartirish rejalashtirilmoqda.

 

Loyihada Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tuzatishlar ham berilgan. Ular haqida bu yerda oʻqiysiz.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.


Lenara Xikmatova.