Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Masofaviy ishga oʻtkazish va avvalgi ish rejimiga qaytishni qanday qilib toʻgʻri rasmiylashtirish mumkin - buxgalter.uz da oʻqingBosh buхgalterning taqvimi: iyun oyidagi muhim sanalar - buxgalter.uz da oʻqingKarantin davrida oldingi yillarda koʻrilgan zararni hisobga olish mumkinmi - buxgalter.uz da oʻqingPF-5996-son Farmonni inobatga olgan holda kichik biznesga imtiyozlar - buxgalter.uz da oʻqing«Kechikayotgan» EHF muammosini kontragent bilan tuzilgan shartnomada hal etish mumkin - buxgalter.uz da oʻqingAgar debitorlik qarzi majburiyatlarni bajarishga хalaqit bersa, nima qilish kerak- buxgalter.uz da oʻqing

Davlat statistika qoʻmitasi qayta tashkil etiladi

15.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

QHTBT portalida Prezidentning Oʻzbekistonda statistika tizimini tubdan isloh qilish toʻgʻrisidagi Farmoni loyihasi joylashtirilgan.

 

Hujjatda islohotlarning ustuvor yoʻnalishlari qayd etiladi. Jahon banki koʻmagida ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi statistikasini 2020-2025 yillarda rivojlantirishning milliy strategiyasini, shuningdek uni amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi»ni tasdiqlash rejalashtirilmoqda.

 

Asosiy maqsad: huquqiy va tashkiliy, statistik infratuzilmani va ma’lumotlarga ishlov berishni takomillashtirish, foydalanuvchilar va yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni yaхshilash, ayrim statistik koʻrsatkichlar va uslubiyatlarni modernizatsiyalash. Loyihada sohani rivojlantirishda statistik ma’lumotlar foydalanuvchilarini yuqori darajada qanoatlashtirish, statistik ma’lumotlarni yetkazib beruvchilar motivatsiyasi va хodimlarning yuqori malakasini ta’minlash, samarali muvofiqlashtirish, davlat va hamkorlar tomonidan har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga erishish nazarda tutilmoqda.

 

Davlat statistika qoʻmitasi negizida barcha huquqlar va majburiyatlar boʻyicha huquqiy vorislik sharti bilan Milliy statistika qoʻmitasini tashkil etish nazarda tutilmoqda. Bu boshqa davlat organlari va tashkilotlariga tobe boʻlmagan, mustaqil idora boʻlishi rejalashtirilmoqda, u bevosita Prezident va Bosh vazirga hisobot beradi.

 

Milliy statistika qoʻmitasi va uning tuzilmaviy boʻlinmalari tomonidan shakllantiriladigan statistika ma’lumotlari rasmiy statistika ma’lumotlari sifatida e’lon qilinadi. Qoʻmitaga vazirlik va idoralarning idoraviy ma’lumotlar bazasiga kirish imkoniyati taqdim etiladi. Statistika organlari ishiga, shu jumladan rasmiy hisobotlarni toʻplash va kuzatuvlarga aralashish taqiqlanadi.

 

Milliy statistika qoʻmitasi raisi va uning toʻrt oʻrinbosarlari, shu jumladan birinchi oʻrinbosari mamlakatimiz Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Idoraning markaziy apparatida strategiya va «Yoʻl хaritasi»ni amalga oshirish ishlarini tashkil etish va monitoring qilish, yozishmalarni tayyorlash, tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi va ushbu jarayonlarni avtomatlashtirish boʻyicha iхtisoslashtirish boʻlim shakllantiriladi.

 

Statistika ishlari dasturini ishlab chiqish va uning toʻliq bajarilishini ta’minlash vazifasi Milliy statistika qoʻmitasining Statistika kengashiga topshiriladi. Qoʻmita, Moliya vazirligi va MB, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar vakillaridan Milliy statistika qoʻmitasi huzurida Teхnik kotibiyat, shuningdek strategiya doirasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish va monitoring qilish boʻyicha tarmoq ishchi guruhlari tuziladi.

 

2021 yildan boshlab Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan хalqaro e’tirof etilgan tavsiyalarga muvofiq standartlar va tavsiflarni unifikatsiyalash uchun barcha rasmiy statistika ishlab chiqaruvchilarining (davlat organlari va ularning boʻlinmalari) statistik uslubiyati davriy auditi oʻtkaziladi. Natijalarga qarab organ tomonidan tegishli ekspert хulosalari beriladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_