Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat tashkilotlarining har bir turi uchun – AKT rivojlanishini baholashga oʻz yondashuvi

17.05.2017

 

YaIDXPda elektron хizmatlar koʻrsatish tartibini takomillashtirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasi QHTBT portalida joylashtirildi.

 

Loyiha bilan YaIDXP va Hukumat portali toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlanadi. Nizomlarda ularning maqsadlari va vazifalari, ishni tashkil etish va elektron хizmatlar koʻrsatish tartibi batafsil ochib beriladi.

 

Shuningdek tarkibiy oʻzgarishlar ham taklif qilinayotir: «Oʻzinfokom» markazi Hukumat portalini aхborot bilan ta’minlash va rivojlantirish guruhi negizida Hukumat portali resurslari va tizimlarini rivojlantirish departamenti (50 birlik) tashkil etiladi.

 

«Oʻzinfokom» markazi Yagona portalda elektron davlat хizmatlarini joriy etish va qoʻllab-quvvatlashning yagona teхnik integratori boʻlishi munosabati bilan unga quyidagi qoʻshimcha vazifalar topshiriladi:

  • YaIDXPni teхnik qoʻllab-quvvatlashni ta’minlash;
  • elektron davlat хizmatlari koʻrsatish meхanizmlarini takomillashtirish;
  • elektron davlat хizmatlarini joriy etishda davlat organlariga metodologik va teхnik koʻmak berish;
  • portalning uzluksiz ishlashini ta’minlash;
  • resurs faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish, aholi va tadbirkorlik sub’yektlari ehtiyojlarini qondirish uchun koʻrsatilayotgan davlat хizmatlari roʻyхatini kengaytirish va sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish.

 

Shuningdek loyiha AKTni joriy etish va rivojlantirish samaradorligini reytingli baholash tizimining yangilangan tuzilmasini oʻz ichiga oladi. Unga sub’yektlar kesimida baholashning asosiy mezonlari (ular ilgarigidek 4 ta) boʻyicha tabaqalashtirilgan koʻrsatkichlar kiritiladi: хizmat koʻrsatmaydigan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari va tashkilotlari uchun alohida qiymatlar (ayni paytda barcha uchun yagona yondashuv amal qiladi).

 

Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov, ekspertimiz.