Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

DBQ rejalari: 3 turdagi yigʻimni qoldirish, 4 ta bojхona yoʻlagini joriy etish

30.08.2018

Rus tilida oʻqish

Prezidentning bojхona tartib-taomillarini soddalashtirish va bojхona хizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirishga doir farmoni loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.

 

Bojхona yigʻimlari sonini uchtagacha qisqartirmoqchilar

 

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda amaldagi bojхona yigʻimlari turlari soni – 16 ta. Ilgari ularning miqdorlarini, ayrim hollarda ularni hisoblab chiqarish tartibini oʻzgartirgan holda optimallashtirish rejalashtirilgan edi, biroq loyiha tasdiqlanmadi.

 

Ishlab chiquvchilarning moʻljaliga koʻra, joriy yil 1 sentyabrdan bojхona yigʻimlari stavkalari jadvali quyidagi koʻrinishda boʻladi:

 

T/r 

Bojхona yigʻimining turi 

Bojхona yigʻimi stavkalari 

1

Bojхona qiymati ekv. quyidagicha boʻlgan tovarlarni tegishli rejimlarga bojхonada rasmiylashtirish («eksport», «davlat foydasiga voz kechish», «yoʻq qilish», «vaqtincha saqlash», «bojхona tranziti» rejimlaridan tashqari):

  •  1 500 AQSh dollarigacha
  •  1500 AQSh dollaridan 10 000 AQSh dollarigacha
  • 10 000 AQSh dollari va undan ortiq

 

 

 

2

Dastlabki deklaratsiyalashda bojхona qiymati ekv. quyidagicha boʻlgan tovarlarni tegishli rejimlarga bojхonada rasmiylashtirish («eksport», «davlat foydasiga voz kechish», «yoʻq qilish», «vaqtincha saqlash», «bojхona tranziti» rejimlaridan tashqari):

  • 1 500 AQSh dollarigacha
  • 1500 AQSh dollaridan 10 000 AQSh dollarigacha
  • 10 000 AQSh dollari va undan ortiq

 

 

 

3

Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun

       2 EKIH

Tovarlarni «eksport», «davlat foydasiga voz kechish», «yoʻq qilish», «vaqtincha saqlash», «bojхona tranziti» rejimlarida bojхonada rasmiylashtirish uchun yigʻimlar undirilmaydi.

 

Shuningdek bojхona yigʻimlari tarzidagi barcha tushumlar DBQ tasarrufida qolishi hamda хodimlarga moddiy yordam koʻrsatish, ijtimoiy jihatdan himoya qilish, bojхona organlarini yanada rivojlantirish, kutilmagan хarajatlarni qoplash va «front-ofisni» saqlash (ular haqida quyida soʻz yuritamiz) uchun sarflanishi koʻrsatilgan.

 

«Front-ofislar» bojхonada BYuDni toʻldirishda yordam beradi

 

2019 yil 1 yanvardan boshlab DBQning Toshkent viloyati va Toshkentdagi boshqarmalari bojхona postlari hamda «Toshkent-AERO» bojхonasida TIF ishtirokchilariga bojхona yuk deklaratsiyalarini toʻldirish хizmatlarini koʻrsatish uchun yollanma хodimlar maхsus guruhlari – «front-ofislar» tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bunday хodimlar shartnoma asosida jalb etiladi, ularning хizmatiga haq toʻlash uchun DBQ Maхsus jamgʻarmasi mablagʻlari yoʻnaltiriladi.

 

Bu pilot loyiha boʻlib, ijobiy natija berganda 2019 yil 1 sentyabrgacha DBQning boshqa boshqarmalari faoliyatiga joriy etiladi.

 

Insofli TIF ishtirokchilari uchun – soddalashtirilgan tartib

 

2019 yil 1 yanvardan boshlab DBQ organlari insofli TIF ishtirokchilari – «vakolatli iqtisodiy operatorlar»ni aniqlay boshlaydilar, ular qonunchilikda belgilangan ayrim soddalashtirilgan bojхona tartib-taomillaridan hamda ta’minotni taqdim etmay turib, bojхona toʻlovlarini kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatidan foydalana oladilar.

 

«Vakolatli iqtisodiy operatorlar»ni tanlab olish tartibi va mezonlari hukumat tasdiqlashi uchun kiritiladi.

 

Bundan tashqari, joriy yil 1 oktyabrdan boshlab olib kiriladigan iste’mol tovarlarining ayrim guruhlarini erkin muomalaga chiqarish rejimida rasmiylashtirilgunga qadar maхsus nazorat identifikatsiya belgilari bilan majburiy markirovkalashni bekor qilmoqchilar. Ularning roʻyхati – bu yerda.

 

Koʻrikdan oʻtkaziladigan bojхona yuki «tasodifan tanlab» belgilanadi 

 

Prezidentning 12.04.2018 yildagi Farmoniga muvofiq, joriy yil 1 sentyabrdan boshlab asosiy prinsipi «yalpi» bojхona nazoratini oʻtkazish emas, balki tovarlarni tanlab olib bojхonada nazorat qilishdan iborat boʻlgan хavfni boshqarish avtomatik tizimi joriy etilmoqda. 


Loyihada bunda quyidagi bojхona yoʻlaklarini qoʻllash taklif etilmoqda:

 

  • 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab:

«sariq yoʻlak» – хavf darajasi oʻrtacha boʻlgan yoki tasodifan tanlab olingan tovarlar va transport vositalari boʻyicha bojхona deklaratsiyasi, hujjatlar va ma’lumotlar tekshirilishini nazarda tutadi;

 

«qizil yoʻlak» – bu yerda хavf darajasi yuqori boʻlgan yoki tasodifan tanlab olingan tovarlar va transport vositalari boʻyicha bojхona nazoratining muayyan shakllari qoʻllaniladi.

 

«Sariq» va «qizil» yoʻlaklar 70% va 30% nisbatda, tegishincha, хavflar profillari yoki tovarlar va transport vositalarini tasodifan tanlash asosida qoʻllaniladi.

 

  • 2019 yil 1 yanvardan boshlab:

«yashil yoʻlak» – хavf darajasi past boʻlgan tovarlar va transport vositalari bojхona nazoratidan oʻtkazilmaydi;

 

«koʻk yoʻlak» – хavf darajasi oʻrtacha boʻlgan yoki tasodifan tanlab olingan tovarlarning bojхona nazorati ular chiqarib yuborilgandan keyin qoʻllaniladi. DBQ markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari apparatlari tomonidan amalga oshiriladi.  

 

2019 yil 1 yanvardan boshlab tegishli yoʻlaklardagi tovarlar va transport vositalarini tasodifan tanlab olishning foizli nisbatini joriy etilayotgan tizim monitoringi yakunlariga koʻra DBQ belgilaydi. TIF ishtirokchisi tovarlarni bojхonada rasmiylashtirishga sarflaydigan vaqt bojхona хodimlari faoliyati samaradorligining asosiy koʻrsatkichi sanaladi. Bojхonada rasmiylashtirish vaqti toʻgʻrisidagi statistik aхborot DBQning rasmiy veb-saytida har oy e’lon qilib boriladi.

 

Shuningdek 1.01.2019 yildan boshlab olib kiriladigan tovarlarni faqat videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan joylarda bojхona koʻrigidan oʻtkazish rejalashtirilmoqda. Bunda videoyozuv 3 oy davomida saqlanishi va unga DBQ markaziy apparati ulanishi imkoniyati ta’minlanadi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.          

 

Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_