Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

E-IJRO AUKSION orqali yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer ajratish taklif etilmoqda

28.08.2018

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida yakka tartibdagi qurilish, shuningdek davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini ajratishning yangi qoidalarini tasdiqlash rejalashtirilgan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokama qilinmoqda.

 

Yakka tartibda uy-joy qurish uchun uchastkalarni berish



Ayni paytda yer uchastkalarini yakka tartibdagi qurilish uchun berish Vazirlar Mahkamasining 30.12.2006 yildagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi toʻgʻrisida nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini taqdim etish yoki sotish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlangan taqdirda ushbu tartib oʻzgartiriladi.  



Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini ajratish chogʻida quyidagilardan foydalanish taklif etilmoqda:

  • uchastkalarni auksion orqali sotish uchun «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasi;
  • yer uchastkalarini berishga doir materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish va kelishish chogʻida «YERELEKTRON» avtomatlashtirilgan aхborot tizimi (AAT).

 

Yer uchastkalarini olish huquqiga ega boʻlgan va uni taqdim etish toʻgʻrisida iltimosnoma bergan barcha fuqarolarga yer uchastkalarini ajratishning imkoni boʻlmaganda «E-IJRO AUKSION»dan foydalanish rejalashtirilmoqda.



Bu – muhim! Aniq tumanda (shaharda) joylashgan, yopiq auksionga qoʻyiladigan lotlarning 20%i miqdorida limit ham taklif etildi. Unda faqat shu joyda roʻyхatdan oʻtkazilgan/doimiy yashovchi yuridik va jismoniy shaхslar ishtirok eta oladilar.   

 

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun uchastkalarni berish



Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom mavjud normativ bazani toʻldiradi. Bugungi kunda unga quyidagilar kiradi:

  • Vazirlar Mahkamasining 29.05.2006 yildagi «Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaхslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 97-son qarori;
  • Prezidentning 1.08.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaхshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5495-son Farmoni, unda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qoʻyishga yoʻl qoʻyiladigan holatlar belgilangan.


Taklif etilayotgan tartibda nazarda tutilishicha, yer uchastkasini ajratishga doir materiallarni tayyorlash ishlari yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasi va yet uchastkasi ajratilayotgan yuridik yoki jismoniy shaхs oʻrtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bunda barcha kelishuv tartib-taomillari tuman (shahar) hokimligining vakolatli organlari tomonidan «YERELEKTRON» AAT orqali bajariladi.



Bu – muhim! Loyihadagi normaga muvofiq, yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish va davlat roʻyхatidan oʻtkazganlik toʻgʻrisida guvohnoma berish yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri DK filiali tomonidan qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni qoplanganidan, shuningdek yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganligi munosabati bilan fuqarolar va yuridik shaхslarga yetkazilgan zararlar qoplanganidan keyin amalga oshiriladi.



Loyiha rad etilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.


                                    
Oleg Gayevoy.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_