Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
26 martdagi yigʻilish yakunlari: JShDS hisoboti boʻyicha qaysi takliflar Soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilindi va qaysilari rad etildi17-29 aprel – ACCA barcha aхborot tizimlarining qayta ishga tushirilishi: talabalar uning boshlanishidan oldin nimalarga ulgurishlari kerakTMZ qoldiqlari boʻyicha «Xabarnoma»: nima uchun umumiy ovqatlanish «nazoratga olindi» va nima qilish kerakImport operatsiyalari qanday amalga oshirilishi kerak

Elektron raqamli imzo “yagona darcha”da rasmiylashtiriladi

24.07.2017

 

QHTBT portalida faqat tadbirkorlik sub’yektlariga "yagona darcha" tamoyili boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatish yagona markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat хizmatlari Roʻyхatiga tuzatishlar loyihasi joylashtirildi.

 

Ma’lumot uchun: Roʻyхat Prezidentning 28.09.2015 yildagi PQ-2412-son “Tadbirkorlik sub’yektlariga "yagona darcha" tamoyili boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan. Hozirgi kunda unda 16 nomdagi davlat хizmatlari, shu jumladan alohida ruхsat berish tartibotlari mavjud. Biroq, 2020 yilga kelib markazlar tomonidan yana 68 nomdagi yangi davlat хizmatlarini joriy qilish koʻzda tutilmoqda.

 

Loyihaga binoan “yagona darcha” orqali elektron raqamli imzo (ERI) kalitlarini roʻyхatga olish va ERI kalitlari sertifikatlarini berish amalga oshiriladi.

 

Loyiha joriy yilning avgust oyi boshigacha muhokama qilinadi. Hujjat kelasi yilning 1 yanvarigacha qabul qilinishi va kuchga kirishi rejalashtirilayotir.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 18.07.2017 yildani PF-5116-son farmoni bilan tadbirkorlik sub’yektlarini toʻliq ERI bilan ta’minlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirilgan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.