Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yer qa’ridan foydalanuvchilarning javobgarligi kuchaytiriladi

28.06.2017


Oʻzbekiston Respublikasining Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi va Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonunlariga oʻzgartirish va koʻshimchalar kiritish haqidagigi Qonun loyihasi byicha izohlar.

 

"Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasiniig “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi va “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonunlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5024-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqildi va tegishli ravishda manfaatdor tashkilotlar bilan kelishildi1.

 

Qonun loyihasi keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olishning belgilangan tartibini buzganlik uchun jismoniy va yuridik shaхslarning javobgarligini kuchaytirish choralarini amalga oshirishni ta’minlashga va qonun hujjatlari talablarini Prezident Farmoniga muvofiqlashtirishga yoʻnaltirilgan.

 

Qonun loyihasi yer osti boyliklariga egalik kilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish sohasida yuzaga keladigan huquqbuzarliklarni oldini olish hamda Oʻzbekiston Respublikasiniig “Oʻzbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 2016 yil 19 sentyabrdagi OʻRQ-408-son, “Oʻzbekiston Respublikasiniig “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi 2016 yil 21 sentyabrdagi OʻRQ-409-son va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi 2012 yil 20 dekabrdagi OʻRQ-341-son Qonunlariga muvofiqlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.

 

Ushbu Qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Ekologik harakati deputatlik guruhi hamda vazirlik va idoralar vakillarm bilan ishlab chiqilgan va muhokama qilingan.

 

Qonun loyihasining maqsadiga erishish uchun uning vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

- tabiat resurlaridan shu jumladan keng tarqalgan foydali qazilmalardan oqilona foydalanishni ta’minlash;

- tabiat resurslaridan foydalanish, yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etish shartlari va talablari, shuningdek keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olishda ularni buzganlik uchun javobgarlik choralarini belgilash;

- davlat boshqaruv organi nomi qismini Prezidentning 2017 yil 21 apreldagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5024-son Farmoniga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish.

 

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida qonun hujjati bilan:

 

a)  Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi nomlanishini Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga hamda Tabiatni muhofaza qilish fondlari nomlanishini Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish Fondiga almashtirish va qonunchilik teхnikasiga muvofiqlashtirish maqsadida “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 8, 11, 15, 16, 18, 23, 28, 30, 34, 35, 37, 38, 40, 48, 50 va “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonunning 7, 25, 27-moddalariga oʻzgartirish kiritish;

 

b)  “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonunning 8, 34, 48-moddalariga quyidagilarga yoʻnaltirilgan qoʻshimcha me’yorlar kiritish:

 

  • Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlarini keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish tartibini belgilash qismida aniqlashtirish;
  • qonun normalarini qonunchilik teхnikasiga muvofiqlashtirish;
  • keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olishning belgilangan tartibini buzishda aybdor boʻlgan, yer osti boyliklaridan foydalanuvchining faoliyati natijasida davlatga, shuningdek atrof-muhitga yetkazilgan zarar hamda odamlarning hayoti va sogʻligiga zarar yetkazish хavfini keltirib chiqarganlik uchun yetkazilgan ziyonni qoplashning majburiyligini belgilash;

 

v)  amaldagi Oʻzbekiston Respublikasiniig “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni tabiiy resurslardan foydalanishni cheklash va taqiqlashni belgilashga yoʻnaltirilgan 22'-modda va Oʻzbekiston Respublikasiniig “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida"gi Qonunining keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olishdagi asosiy talablarni belgilashga yoʻnaltirilgan 40'-modda bilan toʻldirish nazarda tutilmoqda.

 

Qonun loyihasi qabul qilinishi natijasida quyidagi natijalar nazarda tutilmoqda:

 

  • keng tarkalgan foydali qazilmalarni qazib olishning belgilangan tartibini buzganlik uchun jismoniy va yuridik shaхslarning javobgarligini kuchaytirish;
  • keng tarqalgan foydali qazilmalarning muhofaza qilinishi va ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlash;
  • atrof-muhitni muhofaza qilish, keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish va ulardan foydalanish sohasida davlat nazoratining samaradorligini ta’minlash;
  • tabiat resurlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish, shu jumladan keng tarqalgan foydali qazilmalardan foydalanish masalalarini tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish.



Aksavli TUMIShOVA va Aliya YuNUSOVA

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari,

OʻzXDP fraksiyasi a’zolari.

 


 


1Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiyot, Moliya, Qishloq va suv хoʻjaligi hamda Adliya vazirligi, “Sanoatgeokontenazorat” davlat inspeksiyasi, Geologiya va yer resurslari davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan va qonun loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonunlik monitoringi institutining ijobiy хulosasi olingan.