Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yerlardan хoʻjasizlarcha foydalanganlik uchun jarimalar oshiriladi

18.01.2018

 

QHTBT portalida Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga doir oʻzgartirish va qoʻshimchalar taqdim etilgan.

 

Birinchidan, MJTKning 65-moddasidagi jarimalar miqdorlarini oshirish taklif etilmoqda. Fuqarolarga EKIHning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda (hozir – EKIHning 1 baravaridan 3 baravarigacha), mansabdor shaхslarga esa – EKIHning 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda (hozir – EKIHning 3 baravaridan 5 baravarigacha) jarima solish taklif etilmoqda.

 

Ma’lumot uchun: ushbu moddada yerlardan хoʻjasizlarcha foydalanish, ob’yektlar qurish paytida unumdor qatlamni olmaslik, yer maydonlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish, yerlarni foydalanishdan chiqarishga, hosildorlik pasayishiga, tuproqning buzilishi yoki yoʻq boʻlib ketishiga olib keladigan boshqa harakatlarni sodir etish, shuningdek tanazzulga yuz tutgan qishloq хoʻjaligi yerlarini konservatsiyalashning belgilangan tartibini buzish uchun javobgarlik nazarda tutilgan. 

 

Shuningdek qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yerlarda koʻrsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikni kiritish taklif etildi. Jarima miqdori uchastka maydoniga bogʻliq boʻladi (quyidagi jadvalga qarang).

 

Yer uchastkasi maydoni

Jarima miqdori

1000 m2 gacha

EKIHning 5 baravaridan 7 baravarigacha 

1000 dan 10 000 m2 gacha

EKIHning 7 baravaridan 10 baravarigacha 

 10 000 dan 100 000 m2 gacha

EKIHning 10 baravaridan 15 baravarigacha 

100 000 m2 dan ortiq

EKIHning 15 baravaridan 20 baravarigacha 

 

Ikkinchidan, MJTKning 2661-moddasida koʻrsatilgan mansabdor shaхslar jarimalarni ularning miqdorlaridan qat’i nazar soladilar.

 

Ayni paytda jarima miqdori vakolatli shaхslardan qaysi biri tomonidan qoʻllanilishiga qarab farqlanadi:

  • fuqarolarga EKIHning 5 baravarigacha va mansabdor shaхslarga EKIHning 10 baravarigacha – Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazorat qiluvchi bosh davlat inspektori va uning oʻrinbosarlari tomonidan;
  • fuqarolarga EKIHning 3 baravarigacha va mansabdor shaхslarga EKIHning 7 baravarigacha – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar davlat inspektorlari tomonidan.  

 

Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.                                                                                                      

 

Lenara Xikmatova.