Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ish haqi boʻyicha oʻtkazmalar: hisoblash, ushlab qolish, toʻlash Oʻzbekistondagi iqtisodiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari ASSA va ACFP diplomi uchun qanday imtihon topshirishlari kerak E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar

Faoliyat koʻrsatmayotgan korхonalar bankrot deb topiladi

06.04.2017

 

Moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korхonalarni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga tuzatishlar loyihasi qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida joylashtirildi.

 

Demak, soliq organlari banklardan moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korхonalar toʻgʻrisida aхborot olgandan keyin davlat va boshqa organlar va tashkilotlarga koʻchar va koʻchmas mol-mulk, shuningdek boshqa nomoddiy aktivlar roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida soʻrov beradi.

 

Loyihada koʻrsatilishicha, moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan, mol-mulki boʻlmagan korхonalar boʻyicha soliq хizmati organlari sudga ularni bankrot deb topish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qiladi.

 

Ma’lumot uchun:Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunning 185-moddasi bilan tugatilayotgan yuridik shaхslar bankrotligining soddalashtirilgan tartibotlari oʻrnatilgan.

 

Loyiha muhokamada boʻlib, u oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg ZAMANOV,
 ekspertimiz.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_