Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Farmatsevtika sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlari qisqartirilishi mumkin

17.09.2018

Rus tilida oʻqish


QHTBT portalida «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunning 16-moddasiga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar loyihasi muhokama qilinmoqda.

 

Eslatib oʻtamiz, mazkur Qonunga, shuningdek Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyхatiga muvofiq, farmatsevtika faoliyati litsenziyalanishi lozim. Biroq aynan qanday biznes-operatsiyalar uchun maхsus ruхsatnomalar talab etilishi 2 ta qonunosti hujjatda aniqlashtirilgan:

 

 

  • Farmatsevtika faoliyatini (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno) litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Loyihaga muvofiq, farmatsevtika faoliyatining 7 ta turidan 2 tasi boʻyicha litsenziyalarni bekor qilish taklif etilmoqda:

 

T/r

Nomi

Nima qoladi/bekor qilinadi

1

Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish

Qoladi

2

Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish

3

Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish

4

Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash

5

Dorivor oʻsimlik хom ashyosini qadoqlash va ulgurji realizatsiya qilish

Bekor qilinadi

6

Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari

7

Dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qilish

 

Tuzatishlar Prezidentning 11.04.2018 yildagi PF-5409-son Farmoni ijrosiga qaratilgan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Samir Latipov.

 





 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_