Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Foydalanilgan transportdan olinadigan yigʻimlarni kamaytirish taklif qilinmoqda

17.02.2020

Rus tilida oʻqish

 

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli qonun loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan. 28 fevralga qadar muhokamada ishtirok etish mumkin.

 

Avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) Oʻzbekistonga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yigʻimlar stavkalari “2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun (15-ilova) bilan tasdiqlangan.

 

Foydalanilgan avtotransport bilan boʻlgan holatda ekspluatatsiya muddatidan kelib chiqib har bir ot kuchiga BHM foizi hisobida hisoblab chiqariladi (yangilaridan – хarid qilish narхining 3%i, tahr.). Yigʻimni avtotransport egalari (foydalanuvchilari) ularni IIV organlarida roʻyхatdan oʻtkazish chogʻida toʻlaydi.

 

Amaldagi stavkalarni  oʻrtacha 3,3 marta kamaytirish taklif etilgan (quyidagi jadvalga qarang).

 

Ekspluatatsiya muddati

Yigʻim stavkasi (har bir ot kuchiga BHM %i hisobida)

amaldagi

taklif qilinayotgan

Yengil avtomobillar

3 yilgacha

11

4

3 dan 7 yilgacha (7 yil ham)

9

3

7 yildan ortiq

6

2

Mototsikllar (shu jumladan, mopedlar) va yordamchi dvigatel oʻrnatilgan velosipedlar, kajavali yoki kajavasiz

3 yilgacha

10

3

3 dan 7 yilgacha (7 yil ham)

7

2

7 yildan ortiq

5

1

Boshqa motorli transport vositalari

3 yilgacha

16

5

3 dan 7 yilgacha (7 yil ham)

13

4

7 yildan ortiq

9

3

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_