Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Fuqarolarga qonunchilik tashabbusi berilishi mumkin

09.10.2023

Rus tilida oʻqish

«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

 

Oʻzgartirishlar qatorida – quyidagi sub’yektlar tomonidan  qonunchilik takliflarini ilgari surish va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish mumkinligi koʻzda tutilgan: 

  • 100 ming nafardan kam boʻlmagan fuqarolar;
  • Senat;
  • Ombudsman;
  • Markaziy saylov komissiyasi.

 

Shu bilan birga, quyidagi masalalar fuqarolar tomonidan kiritiladigan qonunchilik taklifining predmeti boʻlishi mumkin emas:

  • Oʻzbekiston hududiy yaхlitligini oʻzgartirish;
  • amnistiya va afv etish;
  • mansabdor shaхslarni tayinlash va vazifasidan ozod etish.

 

Shuningdek, qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutmoqda:

  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasining va Senatining mutlaq vakolatlarini hamda parlament nazoratini amalga oshirishning huquqiy asoslarini takomillashtirishni;
  •  qonunlarni qabul qilishning yangi tartibini amaldagi qonunchilikda belgilashni.

 

Loyiha bilan Saylov kodeksi va quyidagi qonunlarga oʻzgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda:

  • «Prokuratura toʻgʻrisida»;
  • «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida»;
  • «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida»;
  • «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida»;
  • «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida»;
  • «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida»;
  • «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida»;
  • «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi toʻgʻrisida»;
  • «Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida»;
  • «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish toʻgʻrisida»;
  • «Parlament nazorati toʻgʻrisida»;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati toʻgʻrisida»;
  • Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida». 


Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.


 Sobir Nurberdiyev.