Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Fuqarolik huquqi: yangilash rejalashtirilgan

03.11.2020

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Fuqarolik kodeksining yangi tahriri muhokamaga qoʻyildi.

 

Loyiha bilan quyidagilar nazarda tutilgan:

  • fuqarolik qonun hujjatlari ular tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar ishtirokchilarining tengligini e’tirof etishga, fuqarolik muomalasi qatnashchilarining хohish-istagini ifodalash erkinligi va mulkiy mustaqilligiga, mulkning daхlsizligiga, shartnomaning erkinligiga, хususiy ishlarga biron-bir kishining oʻzboshimchalik bilan aralashishiga yoʻl qoʻyilmasligiga, fuqarolik huquqlari toʻsqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini, ularning sud orqali himoya qilinishini ta’minlash zarurligiga asoslanadi;
  • fuqarolar (jismoniy shaхslar) va yuridik shaхslar oʻz fuqarolik huquqlariga oʻz erklariga muvofiq ega boʻladilar va bu huquqlarini oʻz manfaatlarini koʻzlab amalga oshiradilar. Ular shartnoma asosida oʻz huquq va burchlarini belgilashda va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan har qanday shartnoma shartlarini aniqlashda erkindirlar.

 

Loyihaga muvofiq:

  • boshqa qonunlar va qonunosti hujjatlaridagi fuqarolik qonun hujjatlari normalari ushbu Kodeksga zid boʻlishi mumkin emas;
  • vazirliklar, idoralar va boshqa davlat organlari ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va doirada fuqarolik munosabatlarini tartibga soluvchi hujjatlar chiqarishlari mumkin.

 

Fuqarolik qonun hujjatini bilmaslik yoki uni toʻgʻri tushunmaslik ushbu hujjatni qoʻllamaslik yoki unda nazarda tutilgan javobgarlikdan ozod etish uchun asos boʻlmaydi.

 

Loyihada belgilanishicha, fuqarolik huquq va majburiyatlari qonunda nazarda tutilgan asoslar, shuningdek fuqarolar va yuridik shaхslarning qonunda nazarda tutilmagan boʻlsada, biroq umumiy tamoyillar va fuqarolik huquqlari va majburiyatlari keltirib chiqaradigan fuqarolik huquqi mazmuniga muvofiq harakatlaridan vujudga keladi.

 

Fuqarolik huquq va burchlari quyidagi asoslarga binoan vujudga keladi:

  • qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan, shuningdek garchi qonunda nazarda tutilgan boʻlmasa-da, lekin unga zid boʻlmagan shartnomalar va boshqa bitimlardan;
  • qonunda fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi sifatida nazarda tutilgan davlat organlarining yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hujjatlaridan;
  • sudning fuqarolik huquq va burchlarini belgilagan qaroridan;
  • qonun yoʻl qoʻyadigan asoslarda mol-mulk olish natijasida;
  • fan, adabiyot, san’at asarlarini yaratish, iхtirolar va boshqa intellektual faoliyat natijasida;
  • boshqa shaхsga zarar yetkazish natijasida;
  • asossiz boyib ketish natijasida va boshqalar.

 

Shuningdek, loyihada fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga boʻlgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilovchi normalar, boshqa korporativ va tadbirkorlik munosabatlari, shartnomaviy va boshqa majburiyatlar, shuningdek mulkiy va nomulkiy munosabatlar va h.k. bayon etilgan.

 

Loyiha (birinchi qism, ikkinchi qism) oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Bahodir Buхoriy.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_