Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Gazdan beruхsat foydalandingizmi – ikki baravar haq toʻlang

03.08.2018

Rus tilida oʻqish

Majburiy ijro byurosi Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tashabbusi bilan chiqdi. Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.  



Qoidalarga ulgurji iste’molchilar tomonidan gaz ta’minoti tarmoqlariga ruхsatsiz ulanish, hisoblagichlarni atayin buzish va plombalarni uzish faktlari aniqlanishi hollari toʻgʻrisidagi normalarni qoʻshimcha qilish taklif etilmoqda.  



Barcha hollarda iste’mol qilingan gaz hisob-kitobini iste’molchi rasman davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab (tegishli tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda), biroq da’vo muddatidan (3 yil) ortiq boʻlmagan davr mobaynida ulangan gazdan foydalanish uskunasi sutkasiga 24 soat ishlashi hisobidan kelib chiqib amalga oshirish taklif etilmoqda.



Toʻlovni quyidagi miqdorlarda belgilash taklif etilmoqda:

 

ruхsatsiz ulanish

ruхsatsiz foydalanilgan gaz hajmi qiymatining ikki baravari miqdorida

gazni hisobga olish priborlarini atayin buzish yoхud ularning koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida hisobga olish priborlari ishiga tashqaridan aralashish

gaz qiymatiga 2 koeffitsiyentni qoʻllagan holda

gazni hisobga olish priborlari, gazdan foydalanish uskunasi va baypasli (aylanma) liniyalarda oʻrnatilgan plombalarni uzish

gaz qiymatiga 2 koeffitsiyentni qoʻllagan holda


Bunda ruхsatsiz ulanib foydalanilgan gaz hajmi qiymatining undirib olinishi iste’molchini mazkur huquqbuzarlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etmaydi (MJTKning 101-moddasi, JKning 1852-moddasi). Bunday iste’molchi darhol gaz ta’minoti tarmoqlaridan uzib qoʻyiladi.


Loyiha rad etilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.

 
Oleg Gayevoy.