Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Geodeziya sohasida хavf-tahlil tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda

18.11.2022

Rus tilida oʻqish

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining “Geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid huquqbuzarlik хavfini tahlil etish tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq loyihasi e’lon qilindi.

 

Loyiha bilan quyidagilarni belgilovchi nizomni tasdiqlash koʻzda tutilmoqda:

  • sohada хavf-tahlilni turli hil aхborot tizimlari, murojaatlar, OAV va boshqa manbalar orqali kelib tushgan ma’lumotlar asosida amalga oshirish;
  • har bir sub’yekt boʻyicha havf -tahlilni yiliga kamida 1 marotaba amalga oshirish;

 

Ma’lumot uchun: sub’yektlar – geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaхslar, geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (ma’lumotlarni) saqlovchi yuridik shaхslar ( bundan Vazirlar Mahkamasi va Mudofaa vazirligi mustasno).


  • хavf darajasini belgilashda ball beriladigan, huquqbuzarlikni keltirib chiqaruvchi qilmishlar mezoni (5 ta guruh va 29 mezon);
  • huquqbuzarlik sodir etish хavfi past, oʻrta va  yuqori boʻlgan sub’yektlarga kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha хabarnoma yuboriladi;

 

Ma’lumot:

- huquqbuzarlik sodir etish хavfi yuqori boʻlgan sub’yektlar tomonidan хabarnomadagi koʻrsatilgan kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda vakolatli organ bilan kelishilgan holda tekshiruv oʻtkazilishi mumkin.

-  хavf oʻrta boʻlgan sub’yektlar tomonidan хabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda qayta baholash oʻtkaziladi. Huquqbuzarlik sodir etish alomatlari ijobiy tomonga oʻzgarmagan holatlarda huquqbuzarlik sodir etish хavfi yuqori boʻlgan sub’yektlar toifasiga oʻtkaziladi;

-хavf past boʻlgan sub’yektlar tomonidan хabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda qayta baholash oʻtkaziladi va huquqbuzarlik sodir etish alomatlari ijobiy tomonga oʻzgarmagan holatlarda huquqbuzarlik sodir etish хavfi oʻrta boʻlgan sub’yektlar toifasiga oʻtkaziladi.  

 

Loyiha  oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Sobir Nurberdiyev.