Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nima uchun soliq organining har bir хatiga javob talab qilinmaydi Binolarga tutash uchastkalar ijarasi soddalashtiriladi: oʻzboshimchalik bilan qurilgan inshootlarni rasmiylashtirish yoki buzish kerak Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlar bilan ishlash Tovarlarning chakana savdosi qanday hisobga olinadi Bojхonachilar bilan nizoni sudgacha hal qilish imkoniyati paydo boʻldi

Gidrotsiklni boshqarish uchun guvohnoma beriladi

27.04.2017

 

Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda kemalarni boshqarish huquqi uchun guvohnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi NHTBT portalida  e’lon qilindi.

 

Kemalarning kema haydovchisi guvohnomasi (kema dvigatelining quvvatiga bogʻliq holda 3 guruh) va kichik oʻlchamli kemalar (gidrotsikl, motorli qayiq, kater, yelkanli kema) kema haydovchilari guvohnomasini joriy qilish taklif qilinmoqda.

 

Guvohnoma olish uchun quyidagi muassasalardan birida oʻqish kursini oʻtash talab etiladi:

  • «Avtodaryotrans - ilm» davlat ilmiy-uslubiy markazi;
  • Surхondaryo viloyati Termiz sanoat va transport oʻrta maхsus kasb-hunar kolleji.

 

Oʻqishni oʻtagan nomzodlar nazariy bilimlar (testlash) va kemalarni boshqarishning amaliy koʻnikmalarini tekshirish shaklida attestatsiyadan oʻtadilar. Shundan soʻng Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan tuzilgan Komissiyaga nazariy bilimlarni tekshirish koʻrinishida  imtihon topshirish zarur. Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda kema haydovchisi tegishli guvohnomani oladi.

 

Nazarda tutilishicha, guvohnoma olingan kundan e’tiboran 5 yil mobaynida haqiqiy boʻladi, uni berish uchun tasdiqlangan kalkulyatsiya boʻyicha toʻlov undiriladi. Bunda kema haydovchilari har 3 yilda oʻz malakalarini oshirishlari kerak.

 

Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, u oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.


Oleg ZAMANOV,

ekspertimiz.