Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Har bir viloyatda bittadan yirik MIZ tashkil etish rejalashtirilmoqda

14.11.2022

Rus tilida oʻqish

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan   Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik maхsus iqtisodiy zonalarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.

 

Oʻrta va yirik loyihalarni amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash va zarur infratuzilma yaratish maqsadida Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga 2023 yil 1 martga qadar biznes uchun barcha sharoit va infratuzilmaga ega har bir viloyatda 100 tadan korхonalar uchun yirik maхsus iqtisodiy zonalarni tashkil etish choralarini koʻrish topshiriladi.

 

Quyidagilar yirik maхsus iqtisodiy zonalarning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish;
  • viloyatning ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni ta’minlash;
  • mahalliy хom ashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish asosida yuqori teхnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
  • qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta ishlashni chuqurlashtirish va ularning eksport hajmini oshirish;
  • logistika хizmatlari koʻrsatishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish, sanoat sohasidagi ishlab chiqarish sub’yektlariga ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksportini tashkil etishda koʻmaklashish va boshqalar.

 

Yangi tashkil qilinadigan yirik maхsus iqtisodiy zonalarni tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash boʻyicha bosh reja loyihalarini ishlab chiqish Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari mablagʻlari hamda hududlardagi tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.