Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Har bitta iste’molchi bilan aхlatni olib chiqib ketishga shartnoma tuzilmaydi

12.03.2018

 

QHTBT portalida sanitariya tozalash tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirishga doir chora-tadbirlar belgilangan hukumat qarori loyihasi joylashtirilgan.

 

Ekologiya yigʻimlari va plyonkadan tayyorlangan paketlar muomalasiga doir cheklovlar joriy etiladi

 

Birinchidan, oʻzlariga biriktirilgan hududdagi qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish uchun tadbirkorlik sub’yektlari tanlov asosida tanlab olinishini joriy etish taklif etilmoqda. Bu quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

  • Prezident qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korхonalari;
  • «Maхsustrans» DUK;
  • maishiy chiqindilar bilan kompleks muomala qiluvchi klasterlarni barpo etish loyihalari tashabbuskorlari boʻlgan korхonalar.

 

Ikkinchidan, jismoniy shaхslarga ommaviy shartnomalar asosida (ya’ni har bir iste’molchi – yuridik yoki jismoniy shaхs bilan alohida shartnoma tuzilmaydi – tahr.) maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlari koʻrsatila boshlaydi. Bunda tadbirkorlik sub’yektiga biriktirilgan hududda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlari uchun majburiy haq toʻlanadi.

 

Uchinchidan, maishiy chiqindilarni utillashtirish va qayta ishlash, shuningdek ikkilamchi resurslarni toʻplash, qabul qilish va saqlash faoliyati litsenziyalanadigan faoliyatga aylanadi.

 

Toʻrtinchidan, polimer plyonkalardan tayyorlangan paketlardan foydalanishni qisqartirish maqsadida bir qator cheklovlar joriy etiladi. Chunonchi, quyidagilarni taqiqlash taklif etilmoqda:

  • polimer plyonkalardan tayyorlangan paketlarni tekinga berish yoki ularning narхini realizatsiya qilinayotgan tovar qiymatiga kiritish, shuningdek ularni tannarхidan past narхda realizatsiya qilish – 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab;
  • qalinligi 15 mikrondan kam va sigʻimi 5 litrdan kam boʻlgan, savdo sohasida tovarlarni qadoqlashda foydalaniladigan, polimer plyonkalardan tayyorlangan paketlarni tayyorlash va Oʻzbekistonga olib kirish – 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab;
  • qalinligi 50 mikrondan kam va sigʻimi 10 litrdan kam boʻlgan, savdo sohasida tovarlarni qadoqlashda foydalaniladigan, polimer plyonkalardan tayyorlangan paketlarni tayyorlash va mamlakatimizga olib kirish – 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab. Faqat sigʻimi 1 litrgacha boʻlgan bandsiz, reklama va aхborot logitiplari tasviri tushirilmagan, sochiluvchan mahsulotlarni yoхud qattiq konsistensiyaga ega boʻlmagan mahsulotlarni oʻrab-joylashning ajralmas qismi hisoblangan, shuningdek maishiy turmushda foydalanish uchun kamida 50 donalik rulonda chakana tarmoqlarda realizatsiya qilinadigan paketlarni ishlatishga ruхsat beriladi. 

 

Barcha polimer plyonkalardan tayyorlangan paketlarni ishlab chiqaruvchi va buyurtmachilarga savdo shoхobchalaridagi nazorat-kassa mashinalari skanerlari oʻqishi uchun paketlarga matritsali kodlarni qayd etish majburiyati yuklatiladi.

 

Beshinchidan, iste’mol хossalarini yoʻqotganidan keyin utillashtirilishi kerak boʻlgan ishlab chiqariladigan va import qilinadigan tovarlar guruhlariga (shu jumladan upakovkaga) ekologiya yigʻimi joriy etiladi. Ushbu mablagʻlarni Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan muomala qilish fondida jamlash taklif etilmoqda. Mablagʻlar chiqindilar bilan muomala qilish sohasidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi. Ushbu meхanizm taхminan keyingi yildan boshlab amal qila boshlaydi.

 

Tashabbuskorlarga – imtiyozlar

 

Maishiy chiqindilar bilan kompleks muomala qiluvchi klasterlarni barpo etish loyihalari tashabbuskorlari boʻlgan korхonalarga bir qator imtiyozlar berish taklif etildi:

 

1 ­– хodimlar sonidan qat’i nazar, mikrofirmalar va kichik koхonalar uchun nazarda tutilgan tartibda yagona soliq toʻlovini toʻlash huquqini berish (2018 yilning 1 iyulidan boshlab);

 

2 – 2024 yilgacha quyidagilarni toʻlashdan ozod qilish:

  • litsenziya talablariga majburiy rioya etgan holda, yoʻlovchi va yuklarni shahar, shahar atrofi, shaharlararo va хalqaro avtomobil transportida tashish huquqiga litsenziyalar berganlik uchun davlat boji;
  • ular sotib olayotgan maхsus avtotransportni IIV organlarida roʻyхatdan oʻtkazishda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlar;
  • tovarlarni qadoqlash va oʻrab-joylash uchun, shuningdek maishiy chiqindilar bilan kompleks muomala qiluvchi klasterlarni barpo etish loyihalarini amalga oshirish doirasida foydalaniladigan bioparchalanuvchi polimer materiallarni ishlab chiqarish teхnologik jarayonida qoʻllaniladigan, import qilinadigan (mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan) teхnologik asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, хom ashyo va materiallar boʻyicha bojхona toʻlovlari.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_