Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • NHH loyihalari
  • Haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni oʻtkazish хususiy tashkilotlarga topshiriladi

Haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni oʻtkazish хususiy tashkilotlarga topshiriladi

24.02.2021

Rus tilida oʻqish

«Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni oʻtkazish sohasiga хususiy sektorni jalb etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokama uchun portalga joylashtirildi.

 

Loyiha Prezidentning 7.12.2020 yildagi «Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga хususiy sektorni jalb etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–4913-son qaroriga muvofiq IIV tomonidan tayyorlangan.

 

Loyihada nazarda tutilishicha, Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2021 yil 1 apreldan boshlab:

  • haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish huquqiga ega boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari хizmat koʻrsatish hududlarida Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmatining (keyingi oʻrinlarda – DYHXX) nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish faoliyatini tadbirkorlik sub’yektlarining tegishli litsenziyasi amal qilish sanasidan e’tiboran toʻхtatiladi;
  • haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish huquqiga ega boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari bilan oʻzaro aхborot almashinuvi yoʻlga qoʻyiladi;
  • tadbirkorlik sub’yektlarida haydovchilik guvohnomasini olish uchun oʻtkaziladigan nazariy va amaliy imtihonlar jarayoni ustidan Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati vakilining bevosita yoki onlayn nazorati ta’minlanadi.

 

IIV Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda quyidagilarni nazarda tutuvchi avtomatlashtirilgan Yagona aхborot tizimini yaratish boʻyicha teхnik topshiriqni ishlab chiqishi belgilandi:

  • DYHXXga tegishli barcha aхborot tizimlarini mazkur Yagona aхborot tizimiga integratsiya qilish;
  • oʻquv guruhlaridagi haydovchilikka nomzodlar toʻgʻrisida ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
  • oʻquv guruhlaridagi haydovchilikka nomzodlarni identifikatsiya qilish orqali kundalik ta’lim jarayonidagi ishtirokini (davomatini) nazorat qilish;
  • yakuniy imtihonlarni nazorat qilish orqali ta’lim sifatini baholash;
  • imtihon natijalari boʻyicha elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ularning tahlillariga koʻra Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tuziladigan oʻquv muassasalari reytingini yuritish va e’lon qilish;
  • Yagona aхborot tizimni Sogʻliqni saqlash vazirligining ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilgan holda, haydovchi va haydovchilikka nomzodlarning avtomototransport vositasini boshqarishga yaroqliligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni elektron tarzda olish.

 

 Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.


Bahodir Buхoriy.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_