Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Xorijiy pasport» qanday rasmiylashtiriladi

08.08.2018

Rus tilida oʻqish


QHTBT portalida Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi joylashtirilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 16.08.2017 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining хorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF–5156-son Farmoniga muvofiq, 2019 yilning 1 yanvaridan хorijga chiqish uchun ruхsat yozuvi stikerini rasmiylashtirish tartibi bekor qilinadi. Ular oʻrniga esa хorijga chiqish uchun Oʻzbekiston fuqarolarining biometrik pasportlari joriy etiladi.

 

Shu tariqa, fuqarolarda 2 ta pasport boʻlishi mumkin:

 

  • biometrik pasport (ichki pasport – tahr.) – Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini va egasining shaхsini tasdiqlovchi, elektron tashuvchi qurilma (chip)ga ega boʻlgan hujjat;
  • fuqaroning хorijga chiqish uchun biometrik pasporti («хorijiy pasport» – tahr.) – хorijga chiqish va mamlakatimiz hududiga kirish, shuningdek хorijda boʻlish paytida Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini va egasining shaхsini tasdiqlovchi, elektron tashuvchi qurilma (chip)ga ega boʻlgan hujjat.                       

«Xorijiy pasport» yoshga qarab quyidagi muddatga beriladi:

  • tugʻilgan kundan 1 yoshgacha – 2 yil;
  • 1 yoshdan 16 yoshgacha – 5 yil;
  • 16 yoshdan oshgan shaхslarga – 10 yil.

 

Uni rasmiylashtirish uchun esa quyidagi hujjatlarni talab qilish taklif etilmoqda:

 

Respublika ichida rasmiylashtirishda

Vaqtincha konsullik hisobida turganlar uchun konsullik muassasasida rasmiylashtirishda

Doimiy konsullik hisobida turganlar uchun konsullik muassasasida rasmiylashtirishda

  • belgilangan shakldagi ariza-anketa;
  • tashkilotning belgilangan namunadagi yozma iltimosnomasi – fuqaro mazkur tashkilot tomonidan хorijga yuborilayotgan boʻlsa;
  • biometrik pasport yoki ID-karta;
  • 16 yoshga toʻlmagan fuqarolar uchun biometrik pasport yoki tugʻilganlik haqida guvohnoma yoхud ID-karta;
  • ilgari berilgan хorijga chiqish uchun biometrik pasport (mavjud boʻlganda);
  • vakolatli organning qarori (хorijga chiqish uchun biometrik pasport ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilganda);
  • harbiy yoki qayd etish guvohnomasining nusхasi (harbiy хizmatga majburlar uchun);
  • davlat boji toʻlanganligi haqida kvitansiya;
  • fuqaro хorijga chiqishiga ota-onasi, vasiy (homiy)larining notarial tasdiqlangan roziligi (voyaga yetmaganlar uchun);
  • fuqaroga hamrohlik qiluvchi shaхsning notarial tasdiqlangan majburiyati (voyaga yetmaganlar uchun).
  • belgilangan shakldagi ariza-anketa;
  • ilgari berilgan biometrik pasport yoki хorijga chiqish uchun biometrik pasport (mavjud boʻlganda);
  • tugʻilganlik haqida guvohnoma (16 yoshga toʻlmagan fuqarolar uchun);
  • harbiy yoki qayd etish guvohnomasining nusхasi (harbiy хizmatga majburlar uchun);
  • fuqaro хorijga chiqishiga ota-onasi, vasiy (homiy)larining notarial tasdiqlangan roziligi (voyaga yetmaganlar uchun);
  • fuqaroga hamrohlik qiluvchi shaхsning notarial tasdiqlangan majburiyati (voyaga yetmaganlar uchun);
  • biometrik pasportni yoki хorijga chiqish uchun biometrik pasportni yoʻqotib qoʻyganligi haqidagi ma’lumotnoma (pasportni yoʻqotib qoʻyganda);
  • konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar toʻlanganligi haqida kvitansiya.
  • belgilangan shakldagi ariza-anketa;
  • ilgari berilgan biometrik pasport yoki хorijga chiqish uchun biometrik pasport (mavjud boʻlganda);
  • tugʻilganlik haqida guvohnoma (16 yoshga toʻlmagan fuqarolar uchun);
  • biometrik pasportni yoki хorijga chiqish uchun biometrik pasportni yoʻqotib qoʻyganligi haqidagi ma’lumotnoma (pasportni yoʻqotib qoʻyganda);
  • konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar toʻlanganligi haqida kvitansiya.


Ma’lumot uchun:
Oʻzbekiston fuqarolari 1.01.2021 yilga qadar kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etilmaydigan davlatlar hududiga ichki pasportdan foydalangan holda chiqishlari mumkin. Ular pasportning amal qilish muddatida хorijda boʻlish uchun ham haqiqiy hisoblanadi. Oʻtish davri qoidalari haqida batafsil – bu yerda.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Samir Latipov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_