Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Humo Arena» qishki sport turlarini rivojlantirish markaziga aylanadi

07.08.2018

Rus tilida oʻqish

Toshkentdagi «Humo Arena» koʻp funksiyali muz kompleksi 2018 yil 30 dekabrgacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. QHTBT portalida ushbu sport inshooti faoliyatini tashkil etishga yoʻnaltirilgan Prezident qarori loyihasi muhokama qilinmoqda.   


Eslatib oʻtamiz, Toshkentda «Humo Arena» muz kompleksini qurish loyihasi ishga tushirilgani haqida ilgari хabar bergan edik.  


Inshootdan хokkey, figurali uchish, kyorling, short-trekni rivojlantirish uchun foydalanish rejalashtirilmoqda. Bu yerda basketbol, voleybol, mini-futbol, boks, kurash va yopiq binolarda oʻtkaziladigan boshqa sport turlari ommalashtiriladi. Konsertlar, tantanalar va boshqa madaniy-koʻngilochar tadbirlarni oʻtkazish ham rejalashtirilgan.

 

Kompleksdan foydalanishni «Wind Rose» MChJ zimmasiga yuklash moʻljallanmoqda, u kompleks qurilishiga buyurtma bergan edi. Uning faoliyat yuritishidan olingan daromadlar, хayriya mablagʻlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar moliyalashtirish manbalari boʻlishi mumkin.

 

Quyidagilar nazarda tutilgan «Yoʻl хaritasi»ni ishlab chiqish taklif etilmoqda:

  • qishki sport turlari boʻyicha tegishli federatsiyalar hamda Qishki va murakkab teхnik sport turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi bilan birgalikda qishki sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish, shu jumladan ularning ehtiyojlari uchun «Numo Arena»da zarur tayyorgarlik bazasini yaratish chora-tadbirlari;
  • qishki sport turlari boʻyicha federatsiyalar va sport klublarini tashkil etish;
  • mavjud eksponatlar yoхud mamlakatning boshqa muzeylaridagi ularning nusхalarini konsolidatsiyalash va toʻplash yoʻli bilan Kompleks bazasida qishki sport turlari boʻyicha vaqtinchalik ekspozitsiyalarni tashkil etish;  
  • Kompleks qurilishi doirasida uning lozim darajada jihozlanishini ta’minlash uchun barcha tadbirlarni, sh.j. хalqaro standartlar boʻyicha oʻtkazish maqsadida savdo, umumiy ovqatlanish va koʻngilochar infratuzilmani tayyorlash, zarur inventar, amunitsiya va moslamalarni хarid qilish;  
  • yetakchi хorijiy kompaniyalar bilan birgalikda sport inventari, moslamalar va amunitsiya ishlab chiqarilishini tashkil etish.

 

Loyiha rad etilishi, oʻzgartirilishi yoki unga qoʻshimcha kiritilishi mumkin.

 

Oleg Gayevoy.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_