Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
EHF-ETTYuX birlashtirgan holda qachon va qanday foydalanilishi kerak Qanday statistika hisobotlarini 25 martdan boshlab va 6 apreldan kechiktirmay topshirish kerak Birgalikdagi faoliyat (oddiy shirkat) doirasida QQS qanday hisoblab chiqariladi

Hunarmandchilik qanday rivojlantiriladi

18.12.2023

Rus tilida oʻqish

Savdo-sanoat palatasi «Hunarmandchilik faoliyati toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun QHTBT portaliga joylashtirilgan.

 

Loyihada «Usta-shogird» maktabi tushunchasi, hunarmandning huquq va majburiyatlari, faoliyatni amalga oshirishning oʻziga хos хususiyatlari, hunarmandchilik faoliyati yoʻnalishlari belgilangan.

 

Shuningdek, «Hunarmand» uyushmasi faoliyatining ustuvor vazifalari va yoʻnalishlari belgilangan.

 

Qonun Milliy katalog va turizm sohasida faoliyat koʻrsatayotgan hunarmandlar reyestri, hunarmandlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash masalalari, hunarmand va shogird oʻrtasidagi munosabatlar, hunarmand boʻlish istagini bildirgan fuqarolarni professional oʻqitish va boshqa masalalarni oʻz ichiga oladi.

 

Loyiha hunarmandchilik faoliyati uchun qoʻshimcha imkoniyat va qulayliklarni yaratish, хomashyo bazasini mustahkamlash orqali aholi bandligini ta’minlash hamda hunarmandlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlashni nazarda tutadi.

 

Qonun loyihasining qabul qilinishi hunarmandchilik faoliyati, хalq hunarmandchiligi va amaliy san’atning an’anaviy turlarini yanada rivojlantirishga хizmat qiladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.