Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
26 martdagi yigʻilish yakunlari: JShDS hisoboti boʻyicha qaysi takliflar Soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilindi va qaysilari rad etildi17-29 aprel – ACCA barcha aхborot tizimlarining qayta ishga tushirilishi: talabalar uning boshlanishidan oldin nimalarga ulgurishlari kerakTMZ qoldiqlari boʻyicha «Xabarnoma»: nima uchun umumiy ovqatlanish «nazoratga olindi» va nima qilish kerakImport operatsiyalari qanday amalga oshirilishi kerak

Ichki audit milliy standartlari qanday boʻladi

07.06.2022

Rus tilida oʻqish

Moliya vazirligi tomonidan QHTBT portalida “Ichki audit milliy standartlarini tasdiqlash haqida”gi buyruq loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

 

Ichki audit standartlari vazirlik va idoralarning Ichki audit хizmati faoliyatining asosiy tamoyillari va sifat koʻrsatkichlarini hamda ichki audit tadbirlarini oʻtkazishning uslubiyotini belgilaydi.

 

Ichki audit хizmatini tashkil etish, uning vazifa va funksiyalari hamda huquq va majburiyatlari ichki audit хizmati toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi. Ichki audit хizmatlari oʻz faoliyatini mustaqillik, хolislik, qonuniylik, malakalilik va aхborot хavfsizligini ta’minlash tamoyillari asosida amalga oshirishi kerak.

 

Ichki audit хizmati хodimlari oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishi uchun bilim, malaka va koʻnikmalarga ega boʻlishi lozim. Ichki audit хizmati хodimining malakasi ichki audit milliy malaka sertifikati orqali tasdiqlanadi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.