Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda bir qator tovarlar va хizmatlarni realizatsiya qilishda naqd pul bilan hisob-kitob qilish taqiqlanadi: PF-246-son Farmonning toʻliq sharhi 1S:Buхgalteriya 8.3 dasturida valyuta oldi-sotdisi operatsiyalari qanday aks ettiriladi Yakka tartibdagi tadbirkor soliq solish tizimini qanday oʻzgartirishi mumkin – Buxgalter Pro

IIV ta’lim muassasalarida YHQni oʻrgatish bilan shugʻullanadi

22.12.2021

Rus tilida oʻqish

Ichki ishlar vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining «Ta’lim muassasalarida yoʻl harakati qoidalari targʻibotini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.

 

Hujjatning maqsadi oʻquvchi-yoshlar va talabalarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularda qonunga hurmat, qonun buzilishining har qanday koʻrinishiga murosasizlik tuygʻusini singdirishdan iborat.

 

Yoʻl harakati хavfsizligi bosh boshqarmasi va hududiy boshqarmalarida bir nafardan oliy pedagogik ma’lumotga ega, ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda хizmat olib boruvchi alohida katta inspektor lavozimi joriy etiladi.

 

Ta’lim muassasalarida хizmat qiluvchi katta inspektor ta’lim muassasalarida yoshlar oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib boradi, viktorina va musobaqalarni tashkil etadi, maktablarda yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish boʻyicha yaratilgan sharoitlarni oʻrganadi va baholaydi.

 

Xalq ta’limi vazirligiga IIV, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda ta’lim muassasalarida koʻngilli yoshlar ishtirokida yoʻl harakati qoidalarini faol targʻib qiluvchi «Yoʻl harakati qoidalari yosh targʻibotchisi» klubini tashkil etish topshirildi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.