Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ikkita qonun bittaga birlashtiriladi

07.09.2020

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini tartibga soluvchi qonun loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

 

Loyiha Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va ikkita: 14.05.2014 yildagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida” OʻRQ-371-son va 29.09.2010 yildagi “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida” OʻRQ-263-son amaldagi qonunlarni bir butunga birlashtiradi.

 

Loyihada asosiy tushunchalar  kengaytirildi, хususan quyidagi tushunchalar qoʻshildi:

  • iqtisodiy zoʻrlik;
  • ijtimoiy vaziyati ogʻir boʻlgan shaхs;
  • ijtimoiy profilaktika;
  • oila-turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarlik;
  • profilaktik suhbat;
  • ruhiy zoʻrlik;
  • qoʻriqlanuvchi shaхslar;
  • huquqbuzarlik sabablari;
  • huquqbuzarlik sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar;
  • himoya orderi va boshqalar.

 

Qonun huquqbuzarliklar profilaktikasining vazifalari, tamoyillari va turlarini bayon etadi, ushbu jarayonni amalga oshiruvchi yoki unda ishtirok etuvchi har bir organning vakolatlari batafsil koʻrib chiqiladi.

 

Idoralararo komissiyalarning  huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishdagi roliga alohida bob bagʻishlangan. Qonun loyihasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish reglamentlanadi, bu sohada faoliyatni tashkil etish jarayonining barcha jihatlari bayon etiladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_