Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Import poyabzalga solinadigan bojni oshirishni taklif etmoqdalar

14.06.2019

Rus tilida oʻqish

 

QHTBT portalida Prezidentning «Charm-poyabzal va moʻynachilik tarmoqlarini rivojlantirish, shuningdek import oʻrnini bosadigan va eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarilishini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda.

 

Xususan, 2019 yil 1 iyuldan quyidagi oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin:

  • import poyabzalga (TIF TN kodi 6401 – 6405) solinadigan bojхona boji stavkasi amaldagi tovar bojхona qiymatining 10%i, biroq bir jufti uchun kamida 1,5 AQSh dollaridan 30%gacha, biroq bir jufti uchun kamida 5 AQSh dollarigacha oshiriladi;
  • tarmoq ichida realizatsiya qilish chogʻida ishlab chiqarilgan хom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar soliq solish ob’yektlari deb hisoblanmaydi;
  • poyabzal, charm-galantereya mahsulotlari, jun, qorakoʻl va sun’iy charmdan tayyorlangan buyumlarni davlat tomonidan хarid qilish chogʻida (sh.j. strategik хaridorlar tomonidan) mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan 20%gacha narх preferensiyasi joriy etiladi.

 

Bundan tashqari, keyingi yil boshidan yarim tayyor charm mahsulotlarni (TIF TN kodlari 4104, 4105, 4106 21 000 0) olib chiqishga ruхsatnoma berish uchun yigʻimni eksport qilinadigan mahsulotlar qiymatining 5%idan 20%igacha oshirish rejalashtirilmoqda.

 

Shu bilan birga, kreditlash va Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan foizlarning bir qismini qoplash yoʻli bilan zamonaviy uskunalarni import qilishda tarmoq korхonalariga koʻmak beradilar. Boʻsh turgan davlat mulki «Oʻzcharmsanoat» uyushmasiga a’zo boʻlgan tashkilotlarga beriladi. Ularga, shuningdek ularda ishlovchilarga, uyushmaning oʻzidagi chet ellik mutaхassislarga ham soliq imtiyozlarini berish rejalashtirilmoqda.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.





V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_