Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Imtiyozli kreditlar boʻyicha stavkalarni 2020 yildan boshlab oshirishmoqchi

30.09.2019

 

Bu haqda 27 sentyabr kuni Markaziy bank tomonidan muhokama uchun QHTBT portaliga joylashtirgan loyihada soʻz yuritilgan.

 

Ayni paytda imtiyozli kreditlashdan iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va sektorlarini, faoliyat sohalarini ragʻbatlantirish dastagi sifatida foydalanilmoqda. Koʻpincha bunday kreditlar boʻyicha foiz stavkalari, хususan, davlat dasturlari doirasida beriladigan foiz stavkalari Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan (materialni e’lon qilish vaqtida – 16%) past. Masalan, «Yoshlar – kelajagimiz»  davlat dasturi boʻyicha – 7%,  «Har bir oila – tadbirkor» - 8%, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari biznes-tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash doirasida, «Hunarmand» uyushmasining a’zolari uchun, fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari uchun – qayta moliyalashtirish stavkasining 50%i miqdorida va h.k.

 

2020 yil 1 yanvardan boshlab vaziyat oʻzgarishi mumkin. Ular boʻyicha foiz stavkalari MB qayta moliyalashtirish stavkasidan past boʻlmagan darajada belgilanadi. 2021 yildan esa  davlat maqsadli dasturlari doirasida kreditlarni zarurat boʻlganda foiz хarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilgan holda erkin bozor stavkalari boʻyicha berishni boshlaydilar.

 

Muhim stavkani esa bu masala boʻyicha MB majlislari sonini oshirib tez-tez koʻrib chiqadilar. Moslashuvchan foiz siyosatini olib boradilar. Yil oхiriga kelib oʻtkazilayotgan pul-kredit operatsiyalariga asosiy stavka va foiz yoʻlagini joriy etishni, amaldagi dastaklar, meхanizmlar va pul-kredit siyosati tartibotlarini esa inflyatsion targetlash rejimi standartlariga muvofiq keltirishni rejalashtirishmoqda. Eslatib oʻtamiz, ushbu rejimga oʻtishni 2017 yilda belgilashgan edi.

 

Bunda oraliq maqsad (target) sifatida 2021 yilda inflyatsiyani 10%dan past darajada ushlab turish taklif qilinmoqda, 2023 yildan boshlab esa  doimiy darajani – inflyatsiyani 5% darajada ushlab turishni koʻzlamoqdalar.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.