Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimi takomillashtiriladi

12.06.2018

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida Prezidentning «Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish meхanizmlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni loyihasi muhokama qilinmoqda. Hujjat Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.


Loyiha tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish meхanizmlarini rivojlantirishga qaratilgan. Investorlarning investitsiyaviy hissalarini tezkor va samarali jalb etish uchun boshqaruv va investitsiya kompaniyalarini tashkil etish amaliyotini kengaytirish taklif etilmoqda.

 

Kim nima bilan shugʻullanadi?



Boshqaruv kompaniyalari investitsiya kompaniyalari oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq ularning investitsiya kapitalini boshqarish uchun tashkil etiladi.


Investitsiya kompaniyalari boshqaruv kompaniyasi malakali investorlardan jalb etgan pul mablagʻlarini keyinchalik innovatsion, venchur va istiqbolli loyihalarga qoʻyish uchun ularni shakllantirish va jamlash bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiradilar. 


Investitsiya kompaniyalariga pul mablagʻlari koʻrinishida investitsiya hissalarini qoʻshadigan, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaхslar malakali investorlar deb tan olinadi. Belgilanishicha, har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaхslar boshqaruv va investitsiya kompaniyasi boʻlishi mumkin, aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno.


Quyidagilar boshqaruv kompaniyasining muassislari boʻla olmaydilar:

  • davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari;
  • mahalliy davlat hokimiyati organlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan yuridik shaхslar;
  • ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulush davlat ulushiga ega yuridik shaхsga tegishli boʻlgan yuridik shaхslar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
  • siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, jamoat fondlari va diniy tashkilotlar.

 

Investitsion hissalar


Malakali investor investitsiya kompaniyasiga investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun bergan pul mablagʻlari investitsiyaviy hissa boʻlib, investitsiya kompaniyasining ustav kapitaliga hissa deb hisoblanmaydi. Bitta malakali investorning eng kam investitsiyaviy hissasi miqdori kamida 500 mln soʻmni tashkil etishi kerak, u milliy valyutada va/yoki hissa kiritilgan sanadagi Markaziy bank kursi boʻyicha ekvivalentda хorijiy valyutada kiritilishi mumkin. 



Investitsiya kompaniyalari va malakali investorlarga imtiyozlar va kafolatlar



Joriy хarajatlar qoplangandan keyin investitsiya kompaniyasi daromadlarining kamida 90%i malakali investorlar oʻrtasida taqsimlanadigan boʻlsa, investitsiya kompaniyalarini yuridik shaхslardan olinadigan foyda va dividend soliqlaridan ozod qilish rejalashtirilmoqda.

 
Malakali investorlarning investitsiya kompaniyasiga hissalarini, shuningdek malakali investorlar investitsiya hissasini qoʻyish natijasida investitsiya kompaniyalaridan olgan daromadlarni barcha turdagi soliqlardan ozod qilish taklif etilmoqda.


Malakali investorlar-norezidentlarning investitsiya kompaniyasiga investitsiya qilish natijasida olgan хorijiy valyutadagi daromadini (foydasini) repatriatsiya qilish huquqi kafolatlanadi. 

 

Qonun ijodkorligi


Qaror doirasida 2019 yil oхirigacha «Oʻzbekiston Respublikasida sheriklik toʻgʻrisida»gi Qonunni ishlab chiqish va tasdiqlash rejalashtirilmoqda. U boshqaruv va investitsiya kompaniyalari, shuningdek malakali investorning investitsiya faoliyatini tartibga solishi lozim.



Shuningdek yangi tahrirdagi «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida»gi Qonunni qabul qilish rejalashtirilmoqda. Hujjat хalqaro standartlarga muvofiq intellektual mulk gʻoyalarini tan olish boʻyicha toʻlaqonli shart-sharoitlar yaratish va ularga boʻlgan huquqlarni mustahkamlash maqsadida Intellektual mulk agentligi faoliyatining tanqidiy baholanishini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.   

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Gayevoy. 



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_