Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Investorlarga – investitsiyaviy soliq kreditlari va boshqa imtiyozlar

07.12.2017

 

QHTBT portalida Investitsiya kodeksining loyihasi e’lon qilindi.

 

Loyiha bilan koʻzda tutilishicha, Investitsiya kodeksi Oʻzbekistondagi investitsiyalar bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi. Bu munosabatlar sub’yektlar tengligi va investitsiya faoliyatini amalga oshirishning erkinligi, investorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini kafolatli himoya qilishga asoslangan.

 

Birinchi navbatda davlat tomonidan investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlash uchun qonun loyihasi bilan taklif qilinayotgan imtiyozlar va preferensiyalarga e’tibor qaratish lozim boʻladi. Ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • investorga davlat mulki ob’yektlarini imtiyozli yoki bepul asosda oʻtkazish;
  • investorga soliq, bojхona va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar berish;
  • investorga muhandislik kommunikatsiyalarini oʻtkazish хarajatlarini qoplash;
  • investorga imtiyozli stavkalar boʻyicha kreditlar taqdim etish;
  • investor tomonidan olinadigan kreditlar boʻyicha foiz stavkalarini subsidiya qilish.

 

Bundan tashqari, loyiha bilan mamlakatimiz Hukumati tomonidan investorlarga quyidagi imtiyozlar berilishi koʻzda tutilmoqda:

  • investorga kapital qarz pul mablagʻlari shaklida investitsiyaviy ssuda (kredit);
  • investorga investitsiyaviy soliq krediti, u soliq majburiyatini ijro etish muddatini oʻzgartirish shakli hisoblanadi. Soliq toʻlovchi-investitsiya faoliyati sub’yektiga  keyinchalik kredit summasi va foizlarni toʻlash bilan foyda soligʻi boʻyicha toʻlovlarni kamaytirish imkoniyati taqdim etiladi. Bu kredit investorga foyda soligʻi boʻyicha 1 yildan 5 yilgacha taqdim etiladi. Investor erkin iqtisodiy zona ishtirokchilari reyestriga kiritilgan taqdirda bunday kreditni taqdim etish muddati 10 yilgacha uzaytirilishi mumkin;
  • investorga bepul va qaytarish asosida investitsiyaviy subsidiya. Investitsiyaviy subsidiya asbob-uskunalar, mashinalar va dastgohlar sotib olish va ularning QMI  uchun хarajatlarning 15%igacha qoplash yoʻli bilan taqdim etiladi. Investitsiyaviy subsidiyani toʻlash ishlab chiqarish toʻliq hajmda foydalanishga topshirilgandan keyin, investor tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilgan taqdirda  amalga oshiriladi;
  • investor vizasi -  investorlar uchun boshqa viza turlariga qaraganda muayyan afzalliklarga ega, aynan: doimiy yashash huquqi, qisqartirilgan muddatlarda Oʻzbekiston fuqaroligini olish imkoniyati, fuqarolik-huquqiy va boshqa munosabatlarning barcha turlari, tiplari va shakllari uchun milliy rejimni oʻrnatish.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Feruz Xayrullayev.