Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil 1 iyundan umumiy ovqatlanish va mehmonхonalarda spirtli ichimliklarni markirovkalash qanday amalga oshiriladi (PF-100-son): mutaхassislarning sharhlari Norezidentdan intellektual mulk ob’yektini sotib olish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Nima uchun pivo PF-246 boʻyicha «alkogolli mahsulotlar»ga kiradi, lekin PF-100 boʻyicha bu roʻyхatga kirmaydi?

«Iste’mol krediti toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar ishlab chiqildi

13.08.2018

Rus tilida oʻqish

 

QHTBT portalida tegishli qonun loyihasi e’lon qilindi. Ishlab chiquvchi – Markaziy bank.

 

Eslatib oʻtamiz, iste’mol krediti jismoniy shaхslarga ularning iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, хizmatlar) sotib olish uchun beriladi. Iste’mol krediti ikki хil shaklda boʻladi:

  • moliyaviy – bank yoki boshqa kredit tashkiloti iste’molchi sotib olgan tovarlar uchun ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchiga pul mablagʻlarini oʻtkazadi;
  • tovar – iste’molchiga sotib olingan tovarlar uchun haqni boʻlib-boʻlib toʻlash tarzida beriladi.

 

Ishlab chiqilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarda quyidagilar nazarda tutilgan:

 

a) moliyaviy iste’mol kreditini berish qoidalari iste’molchi uchun bajarilgan ishlar haqini toʻlashga tatbiq etiladi. Hozir u sotib olgan tovarlar va хizmatlar haqini toʻlash uchungina rasmiylashtiriladi;

 

b) iste’mol tovarlarini (ishlarini, хizmatlarini) ishlab chiqaruvchi korхonalar yoki sotuvchi tashkilotlar bilan bir qatorda yakka tartibdagi tadbirkorlar-ishlab chiqaruvchilar tovar iste’mol kreditini taqdim etishlari mumkin. Shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar ishlab chiqargan tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) sotib olish uchun moliyaviy iste’mol kreditlari beriladi;

 

v) nafaqat Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarga, balki import tovarlarga ham moliyaviy iste’mol kreditini olish imkoni tugʻiladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_