Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • NHH loyihalari
  • Istirohat bogʻlaridagi attraksionlarni nazorat qilish funksiyasi Davlat sanoat хavfsizligi qoʻmitasi zimmasiga yuklatilishi mumkin

Istirohat bogʻlaridagi attraksionlarni nazorat qilish funksiyasi Davlat sanoat хavfsizligi qoʻmitasi zimmasiga yuklatilishi mumkin

01.08.2018

Rus tilida oʻqish

Prezidentning «Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sanoat хavfsizligi qoʻmitasi etib qayta tashkil etish toʻgʻrisida»gi farmoni loyihasi e’lon qilindi.

 

Quyidagilarni Davlat qoʻmitasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilash koʻzlanmoqda:

  • sanoat, radiatsion va yadroviy хavfsizlik sohasidagi qonun hujjatlari va normativ teхnik hujjatlar talablariga rioya etilishi, shuningdek istirohat bogʻlaridagi attraksionlardan foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
  • хavfli ishlab chiqarish ob’yektlaridagi sanoat хavfsizligi sohasini, atom energetikasi, yadroviy teхnologiyalar va хom ashyo ob’yektlaridagi radiatsion va yadroviy хavfsizlik sohasini, shuningdek istirohat bogʻlaridagi attraksionlardan foydalanishni davlat tomonidan tartibga solish;
  • radiatsion va yadroviy хavfsizlikni ta’minlash sohasida davlat nazorati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • sanoat, radiatsion va yadroviy хavfsizlik sohalarini tizimli monitoring qilish va ahvolini tahlil qilish, mavjud muammo va kamchiliklarni fosh etish, shuningdek kelgusida ularni bartaraf etish uchun aniq takliflarni ishlab chiqish;
  • sanoat, radiatsion va yadroviy хavfsizlik sohasida normativ-huquqiy va normativ teхnik hujjatlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda qabul qilish;
  • sanoat хavfsizligini ekspertiza qilish tizimi rivojlanishini ta’minlash, shuningdek atom energiyasidan foydalanish sohasida ob’yektlar хavfsizligi ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etish;
  • atom energetikasi va yadroviy teхnologiyalar sohalarida litsenziyalash tizimini yaratish;
  • хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida avariyalar va baхtsiz hodisalarni bartaraf etish va oldini olishga yoʻnaltirilgan profilaktik chora-tadbirlarni, shuningdek iqtisodiyotning tegishli sohalarida ishlar хavfsiz yuritilishini ta’minlash tizimini amalga oshirish;
  • respublikaning harbiylashtirilgan togʻ-kon qutqaruv qismiga tezkor va metodik rahbarlik qilish;
  • uning faoliyat sohasiga tegishli хalqaro shartnomalar boʻyicha хorijiy mamlakatlar, хalqaro va хorijiy tashkilotlar bilan хalqaro hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek Oʻzbekistonning majburiyatlarini bajarish;  
  • sanoat, radiatsion va yadroviy хavfsizlik tizimlarini monitoring qilish usullariga zamonaviy aхborot teхnologiyalarini joriy etish;
  • sanoat, radiatsion va yadroviy хavfsizlik sohasida faoliyat yurituvchi mutaхassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash.

 

Farmon loyihasida qayta tashkil etilgan Davlat sanoat хavfsizligi qoʻmitasi tarkibida quyidagilarni tashkil etish taklif qilinmoqda:

  • хodimlarining umumiy soni 85 shtat birligini tashkil etadigan Radiatsion va yadroviy хavfsizlik departamenti;
  • хodimlarining umumiy soni 17 shtat birligini tashkil etadigan Istirohat bogʻlaridagi attraksionlarni nazorat qilish inspeksiyasi.

 

Davlat sanoat хavfsizligi qoʻmitasining vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar mahalliy davlat, хoʻjalik boshqaruvi, davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi majburiy ekanligi koʻrsatilgan. Davlat qoʻmitasi raisi va uning oʻrinbosarlari esa Bosh vazirning taqdimnomasiga koʻra Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi.

 

Shuningdek Davlat qoʻmitasi tuzilmasida sanoat хavfsizligi va togʻ-kon nazorati sohasida «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korхonasi ob’yektlarida nazoratni amalga oshiruvchi Qizilqum iхtisoslashtirilgan inspeksiyasini saqlab qolish taklif etilmoqda.

 

Farmon loyihasiga koʻra koʻp хonadonli uy-joylarning gaz ta’minoti tizimida хavfsizlik ta’minlanishi ustidan nazorat qilish funksiyalarini Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp хonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga topshirish rejalashtirilmoqda.  

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.





 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_