Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

JPKga dastlabki eshituv toʻgʻrisida tuzatishlar kiritish rejalashtirilmoqda

21.10.2020

Rus tilida oʻqish

Oliy sud “Jinoyat protsessiga jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv instituti joriy etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqdi.

 

Xususan, 49-bobga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilmoqda, u “Jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayyorlash” deb nomlanadi.

 

395-modda yangi tahrirda keltirilmoqda, unda kelib tushgan jinoyat ishi boʻyicha sudyaning harakatlari koʻrib chiqiladi. Oʻzgartirishlar ishni oʻrganish  natijalari boʻyicha qabul qilinadigan qarorlarning bir qismi dastlabki eshituv bosqichida rasmiylashtilishi lozimligi bilan bogʻliq. Bundan tashqari, protsessual hujjatlarni birхillashtirish maqsadida qaror oʻrniga ajrim chiqariladi.

 

397-modda ham yangi tahrirda keltirilmoqda – “Jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi ajrim”. U ishni ochiq yoki yopiq sud majlisida koʻrilishini koʻrsatish zarurati bilan toʻldirilmoqda.

 

398-moddaning amaldagi tahririda “Mulkiy zararni qoplashni ta’minlash choralari” sudyaning surishtiruvchi yoki tergovchining zimmasiga mulkiy zarar qoplanishini ta’minlash boʻyicha zarur choralar koʻrish vazifasini yuklash boʻyicha vakolatlari nazarda tutilgan. Biroq ushbu huquqni amalga oshirish meхanizmi moddada nazarda tutilmagan. Modda sudya bunday hollarda oʻz ajrimi bilan  protsessual hujjat berishi kerak boʻlgan qoida bilan toʻldirildi.

 

Qonun loyihasida jinoyat protsessida dastlabki eshituv joriy etilishi bilan bogʻliq boshqa oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar keltirilgan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_