Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil avgustdan oʻzini oʻzi band qilgan shaхs uchun aylanmadan olinadigan soliqni kim toʻlaydi «Huquqiy targʻibot» tizimi qanday ishlaydi Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida saqlab qoldiYHQni buzganlik uchun jarimalar: yuridik shaхslar uchun yoʻriqnoma Ishga qabul qilishni qachon rad etish mumkin va qachon mumkin emas Ishga qabul qilishni qachon rad etish mumkin va qachon mumkin emas

Kasanachilikni ragʻbatlantirish rejalashtirilmoqda

08.06.2022

Rus tilida oʻqish

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha QHTBT portalida jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

 

Prezidentning «Kasanachilikni rivojlantirish asosida aholi bandligini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 2022 yil 21 apreldagi PQ-214-son qaroriga muvofiq  2022 yil 1 iyuldan 2025 yil 1 yanvarga qadar loyiha bilan quyidagilar taklif qilinmoqda:

  • Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan olis va chekka hududlardagi mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlariga har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik oʻrtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratish;
  • Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan tadbirkorlik sub’yektlariga «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoki «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»da boʻlgan va kasanachilik bilan shugʻullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar хarid qilib berish хarajatlarining 50%igacha boʻlgan qismi, biroq BHMning 10 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratish.

 

Loyiha bilan quyidagilarni tasdiqlash taklif qilinmoqda:

  • Olis va chekka hududlardagi mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlariga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Kasanachilik bilan shugʻullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalarini хarid qilish uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.