Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Katta boʻlmagan YTHni DYHXXsiz rasmiylashtirish taklif qilinmoqda

08.10.2020

Rus tilida oʻqish

Tegishli qonun loyihasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan va muhokama uchun QHTBT portalida joylashtirilgan.

 

Loyiha Prezidentning 2020 yil 2 martdagi “2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” PF–5953-son Farmoniga muvofiq tayyorlangan.

 

Shunday tartib taklif qilinmoqdaki, unga koʻra katta boʻlmagan yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan taqdirda haydovchilar YTH haqidagi bildirishnomani rasmiylashtiradilar va aybdor ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi. Buning uchun qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksni quyidagi mazmundagi  212-modda “Yoʻl-transport hodisasi haqidagi bildirishnoma rasmiylashtirish munosabati bilan ma’muriy javobgarlikdan ozod etish” bilan toʻldirish taklif etilmoqda:

 

“Yoʻl-transport hodisasi bilan bogʻliq boʻlgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaхs transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini rasmiylashtirgan, oʻz aybiga iqror boʻlgan hamda haydovchilar tomonidan yoʻl-transport hodisasi haqidagi bildirishnoma rasmiylashtirilishi munosabati bilan qonunda belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi.

 

Yoʻl-transport hodisasi ishtirokchilari tomonidan rasmiylashtirilgan yoʻl-transport hodisasi haqidagi bildirishnoma sugʻurtalovchi tomonidan qabul qilingan paytdan, ular mazkur ish boʻyicha ish yuritishni qayta tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma berish huquqini yoʻqotadi.

 

Tan jarohati bilan bogʻliq boʻlgan yoʻl-transport hodisalari yoki yoʻl-transport hodisasi ikkitadan ortiq transport toʻqnashuvi natijasida sodir boʻlsa yohud jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar miqdori sugʻurta summasining 35%idan oshgan deb hisoblangan taqdirda yohud ishtirokchilarining birida haydovchilik guvohnomasi, ishonchnoma, yoʻl varaqasi boʻlmagan yoki muddati oʻtgan yohud haydovchi alkogol ichimliklari, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psiхotrop moddalar ta’sirida mast holda boshqarishi natijasida sodir etilgan holatlar ushbu Kodeksning 303, 304, 306—309-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga rioya etilgan holda koʻrib chiqiladi”.

 

Qonun loyihasi bilan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning tegishli moddalariga ham oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilgan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Bahodir Buхoriy.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_