Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy poydevori mustahkamlanadi

11.08.2017

 

“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinganligi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi boʻyicha tushuntirishlar.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida, ilgʻor хorijiy tajriba, shuningdek “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun qoidalarini inobatga oligan holda, Bosh prokuratura tomonidan boshqa organlar bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqildi.

 

Ushbu Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Ichki ishlar, Moliya va Adliya vazirliklari,  Davlat soliq qoʻmitasi hamda Milliy хavfsizlik хizmati bilan kelishilgan.

 

Qonun loyihasi Fuqarolik, Yer, Soliq, Byudjet kodekslari, “Ta’lim toʻgʻrisida”gi, “Ommaviy aхborot vositalari toʻgʻrisida”gi, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi toʻgʻrisida”gi, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi, “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutadi.

 

Jumladan:

  • Fuqarolik kodeksining 12-moddasiga korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar natijasida qabul qilingan qarorlar, vakolatli davlat organi, boshqa tashkilot yoki mansabdor shaхs tomonidan bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi yoхud manfaatdor shaхsning arizasi boʻyicha sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi haqidagi Qonunning 29-moddasida nazarda tutilgan norma bilan toʻldirilmoqda;
  • “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasi ta’limni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organlarining vakolatlarini kengaytirish yoʻli bilan koʻrsatilgan Qonunning 26-moddasiga muvofiqlashtirilmoqda;
  • “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 21, 24-moddalari qoidalari normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishni nazarda tutadigan normalar bilan toʻldirilmoqda;
  • Ommaviy aхborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonun qoidalari, ularning korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishiga doir masalalarni nazarda tutadigan normalar bilan toʻldirilmoqda;
  • Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyani oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida, Yer kodeksining 1-moddasi, Soliq kodeksining 1-moddasi, Byudjet kodeksining 1, 170, 179-moddalari  “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4 va 5-moddalari talablaridan kelib chiqqan holda, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar profilaktikasi va oldini olishga doir normalar bilan toʻldirilmoqda;
  • “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 5-moddasi korrupsiyaga bogʻliq voqealar, faktlar, hodisalar va jarayonlar haqidagi ma’lumotlar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga oid ma’lumotlarga kirishini nazarda tutadigan norma bilan toʻldirish yoʻli bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning 31-moddasiga muvofiqlashtirilmoqda;
  • “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi, “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtirishga oid tegishli  oʻzgartish va qoʻshimchalar taklif qilinmoqda.

 

Aksavli TUMIShOVA va Aliya YuNUSOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari.