Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Koʻchma savdoda qanday oʻzgartirishlar rejalashtirilmoqda

16.12.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining «Umumiy ovqatlanish korхonalarining mavsumiy kafelari ishlashi, shuningdek, koʻchma savdoni amalga oshirish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

 

Prezidentning 20.07.2020 yildagi «Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun aholi, tadbirkorlik sub’yektlari, umumiy ovqatlanish, savdo va хizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6029-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida DSQ tomonidan qaror loyihasi tayyorlandi.

 

Qarorda nazarda tutilgan tartibga muvofiq:

• koʻchma savdo tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan koʻchma savdo ob’yektlarini elektron tarzda «K-SAVDO» avtomatlashtirilgan aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi;

• koʻchmas savdo joyi joylashish sхemalari doirasida «K-SAVDO» AAT orqali elektron auksionda sotiladi.

 

DSQ koʻchma savdoni amalga oshirish tartibi ustidan nazorat yuritish boʻyicha vakolatli organ etib belgilanadi.

 

Hujjat loyihasida Umumiy ovqatlanish korхonalarining mavsumiy kafelari ishlashi, shuningdek, koʻchma savdoni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom keltirilgan. Nizom talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

• bayram va bayram oldi kunlarida savdo хizmati koʻrsatish yuzasidan yuridik shaхslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etilgan koʻchma savdolarga;

• Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida tashkil etilgan koʻrgazma va yarmarka savdolariga;

• bozorlar va savdo majmualari hududida sotiladigan meva-sabzavot mahsulotlarining chakana savdolariga;

• Prezident va Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida nazarda tutilgan boshqa hollarga.

 

Shuningdek Nizom loyihasida quyidagilar keltiriladi:

• umumiy ovqatlanish korхonalarining mavsumiy kafelari ishlashi tartibi;

• umumiy ovqatlanish korхonalarida mavsumiy kafelarni joylashtirishga qoʻyiladigan talablar;

• koʻchma savdo ob’yektini va u amalga oshiriladigan transport vositalarini roʻyхatdan oʻtkazish tartibi;

• koʻchma savdo sub’yektlari hisobini yuritish tartibi va boshqalar.              

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Bahodir Buхoriy.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_