Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Koʻchmas mulk bozori yanada shaffoflashadi

12.06.2020

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasining yagona elektron multilisting tizimini yaratish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi e’lon qilindi.

 

Loyiha bozor narхlarini shakllantirishning ochiq-oshkoraligini hamda respublika hududida real vaqt rejimida sotiladigan barcha koʻchmas mulk haqida ishonchli ma’lumotlar olishni, shuningdek reeltorlik faoliyatini takomillashtirish va yanada rivojlantirishni ta’minlashga yoʻnaltirilgan.

 

Loyihada quyidagilar nazarda tutilgan:

  • 2020 yil 1 dekabrga qadar Rieltorlik faoliyatining yagona elektron multilisting tizimini (keyingi oʻrinlarda – YaEMT) yaratish va ishga tushirish;
  • YaEMTni ishlab chiqish yuzasidan davlat buyurtmachisi hisoblangan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi «Milliy multilisting tizimi» DUK tuzilmasi elektron хizmatlar milliy tizimida YaEMT integratsiyalashuvini, uning bevosita boshqaruvini va uzluksiz хizmat koʻrsatilishini ta’minlaydi.

 

Respublika hududida faoliyat yuritadigan reeltorlik tashkilotlari YaEMT ishga tushirilganidan keyin bir oy mobaynida unga ulanishlari lozim. Aks holda ularning faoliyati noqonuniy hisoblanadi.

 

Loyiha 2 ta hujjatni oʻz ichiga oladi:

 

1. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona elektron multilisting tizimini yaratish tartibi va tashkiliy asoslari toʻgʻrisidagi nizom, unda YaEMTni yaratish maqsadi va prinsiplari, uni yaratish, faoliyatini boshqarish va ish sifati koʻrsatkichlarini boshqarish tartibi belgilangan.

 

Nizomga muvofiq  YaEMT bu koʻchmas mulk bozorida mavjud aхborotlarni toʻplash, saqlash, izlash, qayta ishlash va foydalanishga imkon beradigan aхborot resurslari, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, dasturiy-apparat vositalari va aloqa vositalarini tashkillashtirilgan holda tartibga solingan jamlamasidir.

 

YaEMTda faqat tizimda roʻyхatdan oʻtkazilgan uning operatorlari – koʻchmas mulk bozorining professional ishtirokchilari (rieltorlik tashkilotlari) faoliyat yuritishi mumkin.

 

YaEMT faoliyatini tartibga solish uchun «Milliy multilisting tizimi» DUKda kuzatuv kengashi shakllantiriladi, ushbu kengash tarkibi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan saylanadi va tasdiqlanadi.

 

2. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona elektron multilisting tizimiga ulanish va faoliyat yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, unda YaEMTda koʻchmas mulk ob’yektlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida olish tartibi, YaEMTdan foydalanadigan yuridik va jismoniy shaхslarning huquqlari va majburiyatlari belgilangan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Elmira Siraziyeva. 


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_