Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • NHH loyihalari
  • Majburiy ijro byurosi faoliyati tashkil etilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritiladi

Majburiy ijro byurosi faoliyati tashkil etilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritiladi

29.09.2017


“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasiga tushuntirishlar

 

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi Prezidentning 2017 yil 29 maydagi PF-5059–son “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining 27-bandi va Prezidentning 2017 yil 30 maydagi PQ-3016–son “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorining 16-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Qonun loyihasi qonun hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va qaroriga muvofiq holda bir me’yorga keltirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

 

Yuqoridagi maqsadda qonun loyihasida 15 ta qonunchilik hujjatlariga, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining 6 ta qonuni, хususan Prokuratura toʻgʻrisida”gi, “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi, Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Bank siri toʻgʻrisida”gi, “Ipoteka toʻgʻrisida”gi va “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda 9 ta Kodeksi, хususan Jinoyat-protsessual, Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi, Mehnat, Jinoyat-ijroiya, Fuqarolik protsessual, Xoʻjalik protsessual, Oila, Soliq va Byudjet kodekslariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

 

Qonun loyihasining qabul qilinishi natijasida elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida toʻlov intizomini mustahkamlash, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining samarali faoliyatining ta’minlanishi koʻzda tutilmoqda.

 

Qonun loyihasi oʻrnatilgan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan.

 

Aksavli TUMIShOVA va Aliya YuNUSOVA, 

Oliy Majlis  Qonunchilik palatasi deputatlari,

OʻzXDP fraksiyasi a’zolari.