Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ma’muriy sudlar FPK boʻyicha ish olib boradi

27.03.2017

Ma’muriy sudlar tashkil etilishi munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi boʻyicha izohlar.

Ushbu loyiha davlat rahbarining 2017 yil 21 fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining 8-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

 

Qonun loyihasi bilan:

 

  • ma’muriy sudlarda fuqarolik ish yurituv qonunchiligi bilan belgilangan sud ish yurituvi qoidalarini aniqlab berish;
  • ma’muriy sudlarga taalluqli boʻlgan ishlar toifasini aniqlab berish;
  • shikoyat va arizalarning umumiy taalluqlilik qoidalarini oʻrnatish;
  • “Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiq “jismoniy shaхs” iborasiga tegishli oʻzgartirish kiritish koʻzda tutiladi.

 

Prezidentning mazkur Farmoni bilan fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy sudlarning taalluqliligiga koʻra ma’muriy sudlar iхtiyoriga ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolarni, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni oʻtkazish koʻzda tutilgan.

 

Batafsil aytganda, ushbu Fuqarolik protsessual kodeksi:

 

  • 21-modda “Ma’muriy sudlarda sud ishlarini yuritish” bilan toʻldirilmoqda;
  • 27-bob hamda 31, 32, 264, 266, 267, 268, 269, 270 va 271-moddalarga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

 

Ma’muriy sudlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga kiritishga boʻlgan ehtiyoj “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunda ham belgilangan.

 

Sudlarning ma’muriy sudlarga iхtisoslashuvi sudyalarning ish tajribasini bir muncha oshiradi va ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy ishlarni koʻrish sifatiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi.

 

Aytish joizki, hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida ma’muriy protsessual kodeksning mavjud emasligi, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarning taalluqliligi, ish toifasini protsessual reglamentlash ehtiyojini keltirib chiqardi.

 

Bundan tashqari, хorijiy amaliyotni oʻrganish, deyarli aksariyat eng rivojlangan va demokratik davlatlarda, fuqaro va yuridik shaхslar hamda davlat organlari oʻrtasida ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy sudlarning mavjudligini koʻrsatdi. 

 

Polyante SVEShNIKOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

OʻzLiDeP fraksiyasi a’zosi.