Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

MB toʻlov tartibiga bir qator oʻzgartirishlar kiritishni taklif etmoqda

25.03.2020

Rus tilida oʻqish

“Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi Qonunning kuchga kirishi munosabati bilan Markaziy bankning bir qator normativ-huquqiy hujjatlari belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazish maqsadida Adliya vazirligiga taqdim etildi.

 

1. MB boshqaruvining “Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori. 

“Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi Qonun hamda yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizom qayta koʻrib chiqilib, yangi tahrirda ishlab chiqildi. Amaldagi Nizomning Tijorat bankining hisob-kitob cheklari va bank plastik kartalari bilan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi talablari chiqarib tashlandi. Yangi tahrirda qabul qilingan Soliq kodeksi talablaridan kelib chiqib, soliq organlari tomonidan inkasso topshiriqnomalarini taqdim etish tartiblariga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Shuningdek olingan kreditlar qaytarilishi uchun kafil boʻlgan sub’yektlardan qarzdorliklarni undirish maqsadida akseptsiz toʻlov talabnomasi, nafaqat kredit, balki unga hisoblangan foizlarni undirish uchun ham taqdim etilishi mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.

 

Hujjat loyihasida bank amaliyotida yana bir holatga tez-tez duch kelinayotganligi qayd etilmoqda. Unda oluvchi tugatilgan taqdirda, uning foydasiga taqdim qilingan hamda 2-son kartotekaga joylashtirilgan toʻlov talabnomalari va inkasso topshiriqnomalarini, oluvchilarning tugatilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar asosida chaqirib olish meхanizmi yoritib berilgan.

 

2. MB boshqaruvining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.

 

Elektron pullarning asosiy afzalliklaridan biri – foydalanuvchilarga banklarda hisobvaraq ochmagan holda, Internet orqali toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi. “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 21-moddasida MB Oʻzbekiston hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalari belgilangan.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_