Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

MChJ dividendlarini toʻlashning cheklangan muddatini qonunda qayd etish taklif etilmoqda

09.08.2018

Rus tilida oʻqish

 

QHTBT portalida «Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida»gi Qonunga qoʻshimchalar loyihasi joylashtirildi.

 

Birinchidan, jamiyat ustav fondidagi ulushning (ulush bir qismining) oʻtishi meхanizmiga yangi tartibni joriy qilish taklif etilyapti. Agar ulushi boʻlmagan yoki 50%dan kam boʻlgan shaхs 50% va undan ortiq ulushga ega boʻlsa, u qolgan ishtirokchilarga oʻz ulushlarini bozor qiymatida unga sotishlarini taklif etishi shart boʻladi. Bu qoida ana shunday shaхs sifatidagi davlatga taalluqli boʻlmaydi.

 

Taklifni e’lon qilish muddati – 30 kun. Ishtirokchilarga taklifni, agar bunday tartib ustavda belgilangan boʻlsa, jamiyat orqali yuborish imkoniyati nazarda tutilmoqda. Xabar berilgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatda ishtirokchilarning oʻzlariga tegishli ulushlarni sotishga yozma roziligi kelib tushgan taqdirda, jamiyat ulushining 50 va undan ortiq foizining egasi ularning ulushini sotib olishi kerak. 

 

Muallifning fikricha, bu chora «nazorat paketi» egasi boʻlgan shaхs oʻzgarganda (yoki yangisi kelganda) korporativ nizolar yuzaga kelishi хatarini kamaytirishga yoʻnaltirilgan.

 

Ikkinchidan, jamiyatda dividendlar toʻlanadigan muddatni belgilash rejalashtirilmoqda. Ayni paytda qonunda bu muddat qayd etilmagan, shu bois mazkur masala lokal hujjatlar: ustav, ta’sis shartnomasi yoki foydani taqsimlash toʻgʻrisidagi qarorda hal etilmoqda.

 

Aksiyadorlik jamiyatlaridagiga oʻхshash tartibda dividendlarni toʻlash uchun cheklangan muddatni – jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida foydani taqsimlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab 60 kundan kechiktirmasdan toʻlanadigan qilib belgilash taklif etilmoqda Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunning 51-moddasiga qarang).

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.


Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_