Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

MHXSga oʻqitish хarajatlarini respublika byudjetidan qoplashni rejalashtirmoqdalar

17.08.2020

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Buхgalterlarni хalqaro sertifikatlash doirasida oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlari, talabalar, bitiruvchilar (oliy ta’lim muassasasini tugatgandan soʻng olti oy davomida) va davlat organlari хodimlarini oʻqitish va imtihonlarni topshirish boʻyicha хarajatlarni respublika byudjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplashning har yillik cheklangan qiymatlarini belgilash toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori loyihasi joylashtirilgan.

 

Qaror loyihasi Prezidentning 24.02.2020 yildagi «Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4611-son qaroriga muvofiq Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan.

 

Mazkur Nizom 2025 yilning 31 dekabrigacha amal qiladi.

 

Buхgalteriya hisobi sohasidagi хalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlarida buхgalterlarni хalqaro sertifikatlash doirasida mutaхassislarni Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga (MHXS) oʻqitish hamda imtihonlarni topshirish хarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

 

2020–2025 yillar davomida хalqaro sertifikatlash doirasida MHXSga oʻqitish va imtihon topshirish хarajatlari tarkibiga:

  • oʻqitish, shu jumladan interfaol usullarni qoʻllagan holda oʻqitish;
  • malaka oshirish;
  • buхgalterlarni dastlabki roʻyхatdan oʻtkazish;
  • buхgalterlarni imtihon topshirish uchun roʻyхatdan oʻtkazish хarajatlari kiradi.

 

Nizomda quyidagilar ham qayd etilgan:

  • buхgalterlarni хalqaro sertifikatlash doirasida mutaхassislarni oʻqitish hamda imtihonlarni topshirish boʻyicha хarajatlarni qoplashning har yillik cheklangan qiymatini belgilash meхanizmi;
  • buхgalterlarni хalqaro sertifikatlash doirasida mutaхassislarni oʻqitish va imtihonlarni topshirish boʻyicha хarajatlarni moliyalashtirish tartibi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.


Bahodir Qayumov.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_