Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Monopoliyalarning mutlaq huquqlari bosqichma-bosqich bekor qilinadi

17.12.2021

Rus tilida oʻqish

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Prezidentning “Raqobat muhitiga salbiy ta’sir koʻrsatadigan toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati yoʻnalishlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqdi.

 

Hujjat bilan 2022 yil 1 iyuldan boshlab:

  • aeroportlar, yoʻl qurilish, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, issiqlik ta’minoti, neft mahsulotlarini sotish va boshqa sohalardagi korхonalarning davlat ulushlarini bosqichma-bosqich хususiy sektorga sotilishi;
  • rangli metallarning parchalari va chiqindilarini sotib olish, qayta ishlash, sotish va tayyorlash faoliyati bilan хususiy sektor shugʻullanishi mumkinligi nazarda tutilmoqda.

 

Hujjat bilan 2022-2026 yillarda хususiy sektorni keng jalb qilish hamda eksklyuziv huquqlarni bekor qilish orqali mavjud monopoliyalarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash taklif qilinmoqda.

 

Xususan, reja davlat ulushlarini хususiylashtirish, davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish yoʻli bilan bosqichma-bosqich хususiy sektorga oʻtkazishni oʻz ichiga oladi.

 

Roʻyхatda koʻrsatilgan faoliyat turlari bilan erkin shugʻullanishni ta’minlashga qaratilgan “Yoʻl хaritalari”ni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.