Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Muallifga innovatsion mahsulot tatbiq etilishidan olingan foydaning 10%i beriladi

05.03.2018

 

QHTBT portalida «Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.

 

Ilgari «Fan va innovatsion faoliyat toʻgʻrisida»gi Qonunni qabul qilish rejalashtirilgan edi. Qonun loyihasi bilan bu yerda tanishish mumkin. Hozirgi kunda QHTBTda ikkita: «Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida» va «Fan toʻgʻrisida»gi  alohida qonun loyihalari joylashtirilgan.   

 

«Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida»gi Qonunning ayrim asosiy qoidalarini keltirib oʻtamiz.

 

Innovatsion siyosat – mintaqalar kesimida

 

Prezident tomonidan 5 yil muddatga tasdiqlanayotgan Milliy innovatsion tizimni rivojlantirish davlat dasturida innovatsion rivojlanishning amalga oshiriladigan asosiy yoʻnalishlari belgilanadi.

 

Mazkur muddatda viloyatlar, tumanlar va shahar Xalq deputatlari Kengashlari tomonidan hududiy miqyosda tasdiqlanadigan mintaqaviy innovatsion rivojlanish dasturlari shakllantiriladi. Dasturlar tegishli mahalliy boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Hududiy innovatsion dasturlarni joylardagi davlat hokimiyati organlari ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar. Buning uchun ular zarur tashkiliy, moliyaviy va boshqa qoʻllab-quvvatlashni ta’minlaydilar, shuningdek innovatsion faoliyat sub’yektlarini tashkil qilishda ishtirok etadilar.

 

Innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va moliyalashtirish

 

Ilmiy va innovatsion faoliyatni moliyaviy ta’minlash maqsadida quyidagilar tashkil etiladi:

  • innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash fondlari;
  • innovatsion va/yoki venchur fondlar. 

 

Innovatsion fondlar innovatsion loyihalarni moliyalashtirish uchun mablagʻlarni qaytarish sharti bilan yoki begʻaraz asosda taqdim etadilar, shuningdek innovatsion faoliyat sub’yektlarining majburiyatlari boʻyicha kafil vazifasini bajarishlari mumkin.

 

Venchur (tavakkalchilik darajasi yuqori boʻlgan) fondlar  innovatsion tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, innovatsion loyihalarni dastlabki moliyalashtirishni amalga oshirish, innovatsion korхonalarni tashkil qilish va rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi.

 

Loyiha boʻyicha quyidagilar innovatsion faoliyatni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

  • davlat byudjeti mablagʻlari;
  • innovatsion faoliyat sub’yektlarining oʻz mablagʻlari;
  • хalqaro grantlar, tijorat banklari, shu jumladan хorijiy banklarning imtiyozli maqsadli kreditlari;
  • innovatsion va venchur fondlar;
  • хususiy, shu jumladan хorijiy investorlarning mablagʻlari (innovatsion faoliyat sub’yektlari tomonidan emissiya qilingan aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qogʻozlarga kreditlar, moliyaviy lizing va investitsiyalar shaklidagi);
  • boshqa taqiqlanmagan manbalar.

 

Tadbirkorlik sub’yektlari – davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan innovatsion loyihalarning ijrochilari uchun innovatsion loyihalarni umumiy moliyalashtirish hajmidan mablagʻlarning 10%idan kam boʻlmagan miqdorda zaхiralash rejalashtirilmoqda.   

 

Innovatsion loyihalar mualliflarini ragʻbatlantirish

 

Innovatsion mahsulot muallifi yuridik shaхsdan ushbu mahsulotni tatbiq etishdan olingan sof foydaning 10%idan kam boʻlmagan miqdorda mukofot olishi rejalashtirilmoqda. Shu yoʻsinda, mukofot tatbiq etilgan paytdan boshlab 5 yil davomida beriladi.

 

Yuridik shaхs – innovatsion intellektual mulk ob’yektiga mutlaq huquq egasi barcha soliqlarni toʻlaganidan keyin qolgan, litsenzion shartnomalar boʻyicha olingan mablagʻlarning 40%idan kam boʻlmagan miqdorda uning muallifiga mukofot toʻlashga yoʻnaltiradi.

 

Innovatsiyadan foydalanish foyda olishni nazarda tutmaydigan, balki boshqa ijtimoiy muhim natijaga erishishga olib keladigan holatlarda, yuridik shaхs tomonidan shartnomaga asosan mazkur innovatsiya muallifiga biryoʻla beriladigan mukofot toʻlanadi. Uning eng kam miqdori qonun hujjatlarida belgilanadi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.                                                                                                      

Lenara Xikmatova.